
Davron Kabulov boshchiligidagi “Million” jamosidan bir qancha ishtirokchilar chiqib ketishganliklari to‘g‘risida xabar bergan edik. Ammo o‘rtadagi nizolar sababi haqida hech bir ijodkor ochiq oydin gapirishni istamayotgan edi. Jamoani tark etgan Shahlo esa buni «taqdir taqozosi» deb atagan edi.
Shahlo, Otabek Mirzaholov, Axmat, Umid va boshqalar “Million”ga qarshi “Milliard” guruhini tashkil qilishmoqchi, deb xabar bermoqda Shok.uz.
Manbaning ma’lum qilishicha, yangi tuzilgan jamoa “Xalqlar do‘stligi”saroyida yaqin kunlarda konsert berishni ham rejalashtirishgan. Ijodkorlarga omad tilab qolamiz. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar