
O‘zbek estradasi yulduzi, “Nihol” mukofoti sovrindori Manzura Ozarbayjon klipida sur’atga tushdi, deya xabar beradi "Hordiq" sayti.
Klipning nomi “Ayri dunyolar” bo‘lib, rejessiyori Nail Naibo‘g‘lu.
Loyiha O‘zbekiston-Ozarbayjon xalqlarining do‘stligini aks ettiradi, deya fikr bildirdi loyiha muallifi. Klipda “Banu Dance Studio” raqs kollektivi qatnashgan. Klip Bokuning “Otashgoh mabadi”, Davlat Tarix – Memorchilik Muzeyi, Oq shahar, Xazar dengizi sohillarida sur’atga olingan. Xonanda Manzura klipda Gulnora Halilova rahbarligidagi Ozarbayjon Milliy Libos Markaziga tegishli liboslar va O‘zbek milliy liboslarida jonlangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar