Emomali Rahmon Sherali Joʻrayevga Tojikiston xalq artisti unvonini berdi

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan Oʻzbekistonning bir guruh davlat arboblari, ilm-fan, taʼlim va sanʼat vakillariga davlat mukofotlarini topshirdi. Bu haqda Tojikiston Prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.
Taqdirlash marosimi bugun Dushanbeda boʻlib oʻtdi. Taqdirlanganlar maxsus reys bilan bilan Tojikistonga tashrif buyurdilar. Mukofotlarni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon shaxsan oʻzi topshirdi.
Marosimda Sherali Joʻrayevga madaniy aloqalarni mustahkamlash yoʻlidagi xizmatlari uchun Tojikiston xalq artisti unvoni berildi.

Shuningdek, “Ustoz-shogird maktabi” oʻzbek milliy maqom sanʼati boʻlimi xodimi Mavluda Halilovaga ham shunday yuksak unvon topshirildi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Taqdirlash marosimi bugun Dushanbeda boʻlib oʻtdi. Taqdirlanganlar maxsus reys bilan bilan Tojikistonga tashrif buyurdilar. Mukofotlarni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon shaxsan oʻzi topshirdi.
Marosimda Sherali Joʻrayevga madaniy aloqalarni mustahkamlash yoʻlidagi xizmatlari uchun Tojikiston xalq artisti unvoni berildi.

Shuningdek, “Ustoz-shogird maktabi” oʻzbek milliy maqom sanʼati boʻlimi xodimi Mavluda Halilovaga ham shunday yuksak unvon topshirildi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…