2018 yilning 23 avgustidan 3 sentyabrga qadar Bolgariya Respublikasida “World Folk” nomli xalqaro folklor chempionati boʻlib oʻtdi, unda 72 ta davlatdan 98ta jamoa ishtirok etdi. Ushbu festival Yevropa Folklor Festivallari federatsiyasi hamda UNESCO tomonidan tashkil etilgan boʻlib, uning maqsadi anʼanaviy xalq sanʼatini ommalashtirishdir. Festivalda Oʻzbekiston Respublikasidan “Maqom” ansambli oʻz ijodini namoyish etdi.
Ansamblning tashrifi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlanitirish jamgʻarmasi hamda Toshkent viloyati hokimiyati tomonidan tashkil etildi.
Ansambl Oʻzbekiston Respublikasi Xalq artisti Soyibjon Niyazov boshchiligida hamda tarkibida 20 nafar cholgʻu ustalari va ijrochilari bilan birgalikda oltita bosqich natijalari boʻyicha Gran-pri sohibiga aylandi. Qolgan sovrinli oʻrinlar hayʼat aʼzolari tomonidan quyidagicha taqsimlandi: Birinchi oʻrinni Rossiya Federatsiyasidan tashrif buyurgan folklor guruhi egalladi, ikkinchi oʻrinni Gruziyalik folklor ustalari egallashdi, uchinchi oʻrin esa Buyuk Britaniyadan tashrif buyurgan ijrochilarga nasib etdi.
Mazkur festival 1992 yildan buyon oʻtkazilib kelinadi. Unda Yevropa, Osiyo, Amerika va Afrika davlatlari folklor jamoalari ishtirok etadi. Festival “Bugun va abadiy doʻst boʻlib qolamiz” shiori ostida oʻtkaziladi. Konsert dasturlari Varna shahridagi mashhur Yozgi teatrda va boshqa joylarda boʻlib oʻtadi. Asosiy dasturga qoʻshimcha sifatida shahar koʻchalarida sayillar, hunarmandchilik yarmarkalari, va Varna shahrining tarixiy obidalarini ziyorat qilish kiritilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Elektromobil haydovchilar uch xil bo‘ladi
Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim"
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"