Milliy maqom sanʼatimiz tili va millatidan qatʼiy nazar, jahon xalqlarini doimo oʻziga maftun etib kelgan. Uning sehrli kuchi, betakrorligi xorijliklarning ham sel boʻlib tinglashida yaqqol namoyon boʻladi.
Yaqinda Fransiyada katta konsert dasturini namoyish etib qaytgan Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Yulduz Turdiyeva oʻz taassurotlari bilan oʻrtoqlashar ekan, bu haqda quyidagi fikrlarni bildirdi, deb yozmoqda “Xalq soʻzi” nashri.
— Milliy musiqa va maqomlarimiz zamirida insonni ezgulikka chorlaydigan, uning qalbidagi eng nozik, eng goʻzal tuygʻularni uygʻotadigan buyuk ilohiy kuch bor. Shuning uchun ularni oʻzbek tilini tushunmagan inson ham jon qulogʻi bilan eshitadi, olqishlaydi, ardoqlaydi.
Fransiyada xuddi mana shu holatga guvoh boʻldik. Parijda sanʼat ixlosmandlari bizni juda iliq kutib oldi. Koʻhna shahardagi muhtasham “De la Vill” teatrida oʻtkazgan konsertimiz milliy merosimiz ixlosmandlarining joʻshqin qoʻllab-quvvatlovi, ashula va raqslar jilosining qalblarga koʻchgani bilan oʻziga xoslik kasb etdi. Dugoh maqomidan, Buxoro mavrigilaridan, xalq laparlaridan kuyladik, dutor, tanbur, gʻijjak, doira sadolari yangradi. Konsertimiz tugagach, sahnadan chiqib ketar ekanmiz, “tasanno”, “ofarin” degan soʻzlar tinmadi...
Shu oʻrinda “koʻhna qitʼa”da katta konsert dasturini tashkil etishda yaqindan yordam bergan musiqashunos olima Soudabex Kia xonimga katta minnatdorlik bildiramiz.Shu oʻrinda biz, xonandalarning har bir yutugʻi mamlakatimizda sanʼat ahliga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlik, yaratib berilayotgan qulay sharoitlar mevasi, deb bilaman. Ayniqsa, milliy maqom rivojiga Prezidentimiz alohida eʼtibor koʻrsatayotgani, yurtimizda xalqaro sanʼat anjumanlari oʻtkazilayotgani musiqiy durdonalarimiz dovrugʻining olamga keng yoyilishiga xizmat qilyapti. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi