
Kecha Yoshlar ijod saroyida “Tashkent Fashion Week-2018” moda haftaligining ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda Italiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Koreya, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi mamlakatlardan soha mutaxassislar, dizayner va ekspertlar ishtirok etmoqda.
Haftalik davomida xalqaro toifadagi hindistonlik dizayner Ritu Berri, italiyalik Sabrina Persichino, xitoylik mutaxassislar – Vu Venhi, Chen Chao Chao kabi soha vakillarining liboslar namoyishi va mahorat darslari o‘tkazilishi kutilmoqda.
Xalqaro moda haftaligi “Osiyo ramzi” O‘zbekiston Respublikasi dizaynerlari assotsiatsiyasi va Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar