“Sarvqomat dilbarim” kartinasi Turkiyaning to‘rtta shahrida namoyish etiladi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston kinochilarining qo‘shma loyihasi asosida suratga olingan “Sarvqomat dilbarim” filmi 22-23 dekabr kunlari Istanbul shahrida, 24 dekabr kuni Kastamo‘yin, 25 dekabr kuni Anqara va 27 dekabr kuni Antaliya shaharlarida ko‘rsatilishi rejalashtirilgan.
Chingiz Aytmatov asari asosida ekranlashtirilgan kartina rejissyori Sarvar Karimov. Film ssenariyini qirg‘iz dramaturgi Kerez Zarlikova yozgan. Bosh rollarni o‘zbek aktyorlaridan Adiz Rajabov, Ulug‘bek Qodirov va qirg‘iz aktrisalari Madina Talipbek va Elina Aybaylar ijro etgan.
Filmda Asal obrazini ijro etgan qirg‘izistonlik aktrisa Madina Talipbek 27-30 noyabr kunlari Toshkentda o‘tkazilgan "Prologue" IV xalqaro kinofestivalida “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasi g‘olibi deb topilgan.
Filmning Turkiyadagi namoyishi “DANpro” kinostudiyasi va “Kyrgyz Youth” klubi tashabbusi bilan tashkil etilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi