
Foto: Repost
«Yandeks.Musiqa» o‘zbekistonliklar orasida eng ko‘p takroran tinglanadigan musiqiy trekni aniqladi, deb yozadi Daryo.
O‘zbekistonliklar 2018 yilda Jahongir Otajonovning «Qaddi baland» qo‘shig‘ini eng ko‘p takror (repit) eshitgan. Bu haqda «Yandeks.Musiqa» mutaxassislarining 2 fevral, Sug‘ur kuniga bag‘ishlangan hisobotida aytiladi. Repitlar sifatida servis orqali qo‘yilayotgan bitta qo‘shiqning takrorlanishlari hisobga olingan.
Ikkinchi o‘rinda Rauf & Faik ijrosidagi «Detstvo», uchinchi o‘rinda Yegor Krid va Filipp Kirkorovning «Svet nastroyeniya chyorniy» qo‘shiqlari joylashdi.
O‘zbekistonliklar eng ko‘p takror tinglaydigan qo‘shiqlar o‘nligiga Tima Belorusskixning «Mokriye krossi», Dildora Niyozovaning «Tushunmayapsan» va KAZKA’ning «Plakala» taronalari kirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar