14:04 / 19.11.2019
4 533

Lola Yuldasheva: “Provokatsiyalarga faqat yagona sharh berishim mumkin...”

Lola Yuldasheva: “Provokatsiyalarga faqat yagona sharh berishim mumkin...”
Kuni kecha xonanda instagram tarmogʻida yangi video klipi haqida jamoatchilikning munosabati yuzasidan oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
"Men ijodkorman. Men sanʼat bilan shugʻullanaman, sanʼat esa hayotning koʻzgusi. Men oʻz ijodimda turli mavzularni koʻtaraman: ijtimoiy, hayotiy, baʼzan kundalik turmush, va buni rostgoʻylik bilan bajarishga harakat qilaman.

Biz oʻzgarishlar davrida yashayapmiz, odamlar nihoyat erkin nafas olib, 5 yil oldin hatto oʻylashga qoʻrqishgan mavzular boʻyicha oʻz fikrlarini ochiqchasiga ifoda eta oladilar.
Bu safar biz satirik video tayyorladik, unda hazil va shaʼma bilan ijoddagi cheklovlar va byurokratiya mavzusiga toʻxtaldik.

“Men sanʼat odamiman va shuning uchun bunday provokatsiyalarga faqat yagona sharh berishim mumkin: “Men Oʻzbekiston fuqarosiman, oʻz vatanimni sevaman, uning odamlarini yaxshi koʻraman va qilgan barcha harakatlarim mening sevgim va uning kelajagiga befarq emaslikning ifodasidir!
”, - deb yozgan xonanda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Lola Yuldasheva: “Provokatsiyalarga faqat yagona sharh berishim mumkin...”