10 191
Hojiboy Tojiboyevning qizi dadasining «shogird»lari haqidagi intervyusidan so‘ng tazyiqqa uchraganini ma’lum qildi (video)
Foto: «Daryo»
Tashkent City’da O‘zbekiston va Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hojiboy Tojiboyevning haykali ochildi.
Ushbu marosimda Hojiboy Tojiboyevning qizi Intizor Tojiboyeva «Daryo» muxbiri Feruz Muhammadga qisqa intervyu berdi.
Intizor Tojiboyeva suhbat davomida 2016 yilda «Daryo»ga bergan «Faqat «Shogirdiman!», deb gapirishni bilishadi, ammo uyimizni qayerdaligini ham bilishmaydi. Dadamning qo‘shtirnoq ichidagi shogirdlari yordam berish uyoqda tursin, oilamiz haqida ma’lumotga ham ega emas», mazmunidagi intervyusidan so‘ng unga tazyiqlar bo‘lgani haqida gapirib berdi.
- "Avvalgi intervyulardan keyin tazyiqlar bo‘ldi. O‘sha payt sizga intervyu bergandim. Men u yerda aniq bir odamni gapirmaganman, umumiy gap bo‘lgan. Siz ‘shogirdlar’ deganingizga men shogirdlari deganman. Hech kimni yomonlamaganman, har doim haqiqatni aytaman, xarakterim shunaqa. Keldimi keldi, kelmadimi kelmadi... U gapdan keyin majbur bo‘lib kelishdi.
Ushbu marosim har tomonlama ko‘ngildagidek o‘tayotgani uchun Valijon Shamsiyevga kattakon rahmat aytaman, ular bo‘lmaganlarida, ochilish marosimi bu darajada bo‘lmas edi. Aka bo‘lib, shogirdlari bo‘lmasa ham, xayolan shogird bo‘lib hammamizning yonimizda turib berdilar.
To‘g‘risini aytsam, Valijon aka oilamizning qadrdonlari. Mirzabek akaga ham rahmat deyman. Mana shu yerga kelgan insonlar, bizning oilamizning yaqinlari. Bundan oldin ham ko‘rsatuvga kelganlar ham yaqinlari. Kelmaganlar esa yaqin inson emas. Shundan ham xalqimiz bizning oilamizga kim yaqin-u, kim yaqin emas, bilib olishsa bo‘ladi", deydi Hojiboy Tojiboyevning qizi Intizor Tojiboyeva. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi