6 064
Sherali Jo‘rayev o‘g‘li Zohirshoh Jo‘rayevning sahnadagi kamchiligi haqida gapirdi (video)
Foto: «Daryo»
«Xalqlar do‘stligi» saroyida 24—25 fevral kunlari Zohirshoh Jo‘rayevning «Seni sog‘inib» deb nomlangan konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Dasturda O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev ham mehmon bo‘ldi.
«Tomoshabinlar bilan ishlashni o‘rganinglar, shu kamchiligingiz bor xolos», deya Sherali Jo‘rayev o‘g‘lining sahnadagi kamchiligi haqida gapirdi.
Zohirshoh Jo‘rayev jurnalist Feruz Muhammadga bergan qisqa intervyusida muxlislar bilan otasidek munosabatda bo‘la olmasligi sababi haqida aytib o‘tdi.
- "Endi, u insondek muxlislar bilan aloqa qilolmaymiz, sababi u inson eng sevimli san’atkor. Shunaqangi odatlari, harakatlari borki, faqat u insonning o‘ziga yarashadi. Boshqa birorta qo‘shiqchiga yarashmaydi.
Otam o‘zlaridan kelib chiqib gapiryaptilar. Men hali bemalol harakat qila olmayman, men hali u ishlarni qilishga loyiq emasman. Hali birorta qo‘shiqchi ulardek bemalol shohona harakat qilishga loyiq emas. U insonning o‘z mavqeyi bor, u insonga yarashadi", - deydi Zohirshoh Jo‘rayev.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Gaaga sudi Isroil harakatlarini tekshiruvdan o‘tkazmoqda
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi