date

Gulchehra Sa’dullayevani 70 yoshi bilan farzandlari uylaridan turib tabrikladi (video)

Gulchehra Sa’dullayevani 70 yoshi bilan farzandlari uylaridan turib tabrikladi (video)
Foto: Instagram / @muqaddas_sadullayeva
12 aprel kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulchehra Sa’dullayeva 70 yoshini qarshi oldi. Aktrisaning farzandlari, kuyovlari va nevaralari ushbu sana munosabati bilan videotabrik tayyorladi. Videorolik aktrisaning kenja farzandi Muqaddas Sa’dullayevaning Instagram’dagi sahifasiga joylashtirildi.

«Onajonim, ona bo‘lib qadringizni bildim, mehringizni yana ham his qildim. Tun yarmiga og‘ganda, bor dunyo uyquga ketganda ham meni o‘ylab, joynamoz ustida duo qilib o‘tirganingizni bilaman. Sizni va adajonimni duolari meni baxtli qildi, balolardan asrayapti. Onajonim meni, ko‘nglimdagi adog‘siz sog‘inchimni, adadsiz mehrimni doim sizga yetkaza olmayman. Qarshingizda turganimda, oq oralagan sochlaringizni silab, ajinlaringizni o‘pib, issiq qo‘llaringizni yuzimga bosib, mehrimni, rahmatimni aytgim keladi.

Ammo doimgiday bolalarning chug‘ur-chug‘uri meni chalg‘itadi. Bugun yurtimiz boshiga kelgan qayg‘uli damda, sinovlarga bardoshimiz imtihon qilinayotganda bizni duolaringiz kuchi himoyalayapti, onajonim. Oldingizga yetib borolmayman. Kunda bir necha marta telefon orqali gaplashsak-da, to‘ymayman sizga. Nafasingizni his qilgim, taftingizdan quvvat olgim kelyapti, onajon!

‘Hozirgi havoga ishonma, oyog‘ingga issiq kiyib ol’ — deysiz telefonda. Onaginam-ay, o‘zingiz-chi, deb so‘rab ulgurmayman. Yana qayg‘umni qilasiz, bolalarimni birma-bir so‘raysiz, men esa sizdan hol-ahvol so‘rab ulgurmayman. Kichkinam yig‘lab qoladi va doimgiday tezgina xayrlashib, o‘z tashvishlarimga sho‘ng‘ib ketaman. Siz esa meni o‘ylab joynamoz tomon yurasiz. Bilaman... Hozir yarim tun. Tunda mehrimni sizga izhor etishni istadim. Men sizni juda yaxshi ko‘raman, onajonim!

Borlig‘im bilan Allohdan sizga sog‘lik, yurtimizga va dunyoga ofiyat so‘rayman. Allohning mehri buyuk.

Onajon, barchamiz ushbu kunda o‘z xonadonlarimizda turgan holda, faqat akajonim uydan olisda, vatanimiz xalqimiz uchun posbon bo‘lib xizmatda turgan holda ushbu sog‘inchli tabrigimizni siz tomon armug‘on etaman. Tavallud kuningiz, ulug‘ 70 yoshingiz hammamizga muborak bo‘lsin, onajonim! Biz xalqimiz bilan bu sinovli kunlarni Inshaalloh, albatta, yengib o‘tamiz! Tez orada diydor ko‘rishamiz
», — deb yozadi Muqaddas Sa’dullayeva.

Videotabrikda Gulchehra Sa’dullayevaning o‘g‘li, qizlari Gulira’no va Muqaddas, kuyovlari Fathulla Ma’sudov, Yigitali Mamajonov hamda nevaralari aktrisaga dil izhorini bayon etgan.
View this post on Instagram

Онажоним, она булиб кадрингизни билдим, мехрингизни яна хам хис килдим. Жонфидом менинг!! Тун яримга оғганда, бор дунё уйкуга кетганда хам мени ўйлаб, жойнамоз устида дуо килиб утирганингизни биламан. Сизни ва адажонимни дуолари мени бахтли килди, балолардан асраяпти. Онажоним мени, кунглимдаги адоғсиз соғинчимни, ададсиз мехримни доим сизга етказа олмайман. Қаршингизда турганимда, оқ оралаган сочларингизни силаб, ажинларингизни ўпиб, иссиқ қўлларингизни юзимга босиб, мехримни, рахматимни айтгим келади. Аммо доимгидай болаларнинг чуғур-чуғури мени чалғитади. Бугун юртимиз бошига вабо балоси келганда, синовларга бардошимиз имтихон килинаётганда бизни дуоларингиз кучи химоялаяпти, онажоним. Олдингизга етиб боролмайман...кунда бир неча марта телефон оркали гаплашсак-да, тўймайман сизга. Нафасингизни хис қилгим, тафтингиздан қувват олгим келяпти онажон!! "Хозирги хавога ишонма, оёғингга иссиқ кийиб ол" дейсиз телефонда. Онагинам-ай, ўзингиз-чи, деб сўраб улгурмайман. Яна қайғумни қиласиз, болаларимни бирма бир сўрайсиз...мен эса сиздан хол ахвол сўраб улгурмайман. Кичкинам йиғлаб колади ва доимгидай тезгина хайрлашиб, ўз ташвишларимга шунғиб кетаман. Сиз эса мени ўйлаб жойномоз томон юрасиз. Биламан... Хозир ярим кеча. Тунда мехримни сизга изхор этишни истадим. Мен сизни жуда яхши кўраман ОНАЖОНИМ! Борлиғим билан Аллохдан сизга соғлик, юртимизга ва дунёга офият сўрайман. Аллохнинг мехри буюк. Онажон Барчамиз ушбу кунда ўз хонадонларимизда турган холда, фақат акажоним уйдан олисда , ватанимиз халқимиз учун посбон булиб хизматда турган холда ушбу соғинчли табригимизни сиз тамон армуғон этаман. Таваллуд кунингиз, улуғ 70 ёшингиз хаммамизга муборак булсин, онажоним!! Биз халқимиз билан бу синовли кунларни Ин ша Аллох албатта енгиб утамиз! Тез орада дийдор куришамиз... ❤️

A post shared by Sadullaeva Muqaddas (@muqaddas_sadullaeva) on



Foto: Instagram / @muqaddas_sadullayeva
Ma’lumot uchun, Gulchehra Sa’dullayeva ko‘plab film va spektakllarda betakror obrazlarni gavdalantirgan. Aktrisa dublyaj san’ati rivojiga ham sezilarli hissa qo‘shgan. Uning «O‘tkan kunlar»dagi Zaynab, «Bahor qaytmaydi»dagi Muqaddam obrazlari ayniqsa tomoshabinlar yodida qolgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Gulchehra Sa’dullayevani 70 yoshi bilan farzandlari uylaridan turib tabrikladi (video)