15:46 / 05.07.2020
8 184

Hechdan ko‘ra kech: 40 yoshdan keyin turmush qurgan Bollivud yulduzlari (foto)

Hechdan ko‘ra kech: 40 yoshdan keyin turmush qurgan Bollivud yulduzlari (foto)
Quyidagi Bollivud yulduzlari necha yoshda bo‘lishidan qat’i nazar, oila hamma uchun muhim ekanining isboti.

Amir Xon

Foto: «Yandeks Dzen»
Aktyor Amir Xon 21 yoshida Rina Datte bilan turmush qurgan. 16 yillik turmush ajrashish bilan yakun topgan. 2005 yilda qayta sevgisini uchratgan aktyor 40 yoshida Kiran Raoga uylangan. 46 yoshida esa to‘rtinchi marta ota bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lgan.

Fara Xon

Foto: «Yandeks Dzen»
Bollivudda xoreograf sifatida faoliyat boshlagan Fara Xon keyinchalik rejissyor sifatida muvaffaqiyatga erishgan. Ijodkor 2004 yilda, 40 yoshida Sirish Kunder bilan turmush qurgan. 43 yoshida uch nafar farzandni dunyoga keltirgan Fara Xon bugungi kunda turmush o‘rtog‘i bilan baxtli hayot kechirib keladi.

Priti Zinta

Foto: «Yandeks Dzen»
Aktrisa 2016 yil 29 fevralda amerikalik do‘sti Jin Gudenafga turmushga chiqqan. Juftlikning nikoh marosimi Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan.

Jon Abraham

Foto: «Yandeks Dzen»
Jon aktrisa Bipasha Basu bilan 9 yillik munosabatlariga nuqta qo‘yganidan keyin, 2014 yilda Priya Ranchal bilan turmush qurgan. To‘y yashirin o‘tkazilgan va bunga aktyorning shaxsiy hayotini ko‘z-ko‘z qilishni istamasligi sabab bo‘​lgan.

Boni Kapur

Foto: «Yandeks Dzen»
Boni Kapur 41 yoshida 33 yoshli aktrisa Shridevi bilan turmush qurgan. Juftlik aktrisaning bevaqt hayotdan ko‘z yumguniga qadar, 22 yil birga hayot kechirgan.

Saif Ali Xon

Foto: «Yandeks Dzen»
Aktyor Amrita Singxga juda ham yosh uylangan va munosabatlarga 2004 yilda nuqta qo‘ygan. Shundan keyin Saif Ali Xon 42 yoshida aktrisa Karina Kapurga uylangan. Juftlik bugungi kunda o‘g‘il farzandni katta qilmoqda.

Urmila Matondkar

Foto: «Yandeks Dzen»
Urmila 42 yoshida o‘z sevgisini uchratgan. Aktrisa kashmirlik biznesmen va model Moxsin Axtar Mir bilan 2016 yilda turmush qurgan.

Sanjay Datt

Foto: «Yandeks Dzen»
Sanjay Datt tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi rafiqasini uchratguniga qadar uch marta turmush qurib ajrashgan. U 2008 yil 48 yoshida Manya Datt bilan turmush qurgan.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Hechdan ko‘ra kech: 40 yoshdan keyin turmush qurgan Bollivud yulduzlari (foto)