3 959
Puli ko‘p bo‘lishiga qaramay oddiy va shinam uylarda yashashni afzal ko‘ruvchi Gollivud yulduzlari (foto)
Gollivud yulduzlari hududi katta, qimmatbaho uylarda yashaydi degan qarash bor. Aslida esa mashhurlar orasida ham kamtarona hayot kechirishni istaydiganlar yo‘q emas.
Robert Pattinson
Foto: Getty Images
«Sumerki» yulduzi 2014 yildan buyon Gollivuddagi boshqa hamkasblaridan farqli o‘laroq ancha arzon va kichik uyda yashaydi. Ikki qavatli, maydoni 180 kvadrat metrli uyni 2,2 million dollarga xarid qilgan. Uyda ikkita yotoqxona, boloxona va orqa hovlida basseyn bor.
Jennifer Lourens
Foto: Getty Images
2016 yilda Jennifer Nyu-Yorkdan 15,45 million dollarga pentxaus xarid qilgan. Ammo bunga qadar u uncha katta bo‘lmagan, ixcham oshxona va past shiftli standart uyda yashagan.
Elayja Vud
Foto: Getty Images
«Uzuklar hukmdori» filmida Frodo Beggins rolini ijro qilgan aktyor 2013 yilga qadar Texasdagi go‘zal ammo uncha katta bo‘lmagan viktorian uslubidagi uyda yashagan. Baland shiftli, go‘zal manzarani ko‘rish mumkin bo‘lgan derazali mazkur uy narxi sotuvga qo‘yilganidan keyin ancha qimmatlashgan.
Zoi Deshanel
Foto: Getty Images
Aktrisa 2009 yilda Gollivuddan 2,2 million dollarga uy xarid qilgan, ammo oradan 6 yil o‘tib sotib yuborgan. Yog‘och shiftli, eshiklari fransuz uslubidagi, bog‘ va oltita yotoqxonasi bo‘lgan ushbu uyga nazar tashlab bu yerda mashhur inson yashashini taxmin qilish qiyin.
Melissa Makkarti
Foto: Getty Images
«Oskar» mukofotiga ikki marta nomzodi qo‘yilgan aktrisa 2009 yildan 2017 yilga qadar Los-Anjelesdan 780 dollarga xarid qilgan oddiy uyda yashagan. 1939 yilda qurilgan, keyinchalik yaxshilab ta’mirlangan mazkur uy uchun Melissa oyiga 10 ming dollar to‘lagan.
Kira Naytli
Foto: Getty Images
Aktrisa turmush o‘rtog‘i Jeyms Rayton va ikki qizi bilan Londonda yashaydi. 2014 yilda ular Kenterberi tumanidan uch qavatli, beshta yotoqxonasi va yerto‘lasi bor, devorlari yorqin ko‘k va siyohrangga bo‘yalgan uy sotib oldi.
Emi Shumer
Foto: Getty Images
Emi 2015 yilga qadar Nyu-Yorkdagi oddiy, yotoqxonasi bitta, alohida oshxonasi ham bo‘lmagan uyini keyinchalik sotib yuborgan. U ayni vaqtda 12 million dollarlik pentxausda turmush o‘rtog‘i va farzandi bilan yashaydi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi