17:39 / 03.09.2020
5 467

Lola ajrashish jarayonini qanday o‘tkazgani, erining «plyus» va «minus»lari, otasining eng yaxshi maslahati haqida so‘zlab berdi

Lola ajrashish jarayonini qanday o‘tkazgani, erining «plyus» va «minus»lari, otasining eng yaxshi maslahati haqida so‘zlab berdi
Foto: Instagram / @lolaofficial_
Xonanda Lola Instagram sahifasidagi stories orqali muxlislarini qiziqtirgan savollarga savob berdi. Quyida xonanda va muxlislari muloqoti davomida berilgan savollar va javoblar taqdim etiladi.

— Turmush o‘rtog‘ingizning sizga yoqadigan va yoqmaydigan xususiyati?
— U har doim so‘zida turadi. Aytdimi, albatta, bajaradi. Uning burji qisqichbaqa. Agar bir qobig‘iga o‘ralib olsa, atrofdagilarga qiyin bo‘ladi. Endi esa ushbu qobiq ta’sir qilmaydigan yagona insoncha tug‘ildi (Lola qizi Aishani nazarda tutmoqda).

— Hamma narsaga qanday ulgurasiz?
— Men ulgurmayman. Bunga hatto harakat ham qilmayman. Hammasiga ulgurish — imkonsiz. Asosiysi — bu hayotda baxtli bo‘lishga ulgurish. Quvonchga to‘la, chiroyli hayotda yashashga ulgurish. Farzandlaring qanday katta bo‘layotganini kuzatishni o‘tkazib yubormaslik, o‘zingni shaxs sifatida rivojlantirish, sevimli insoningizning yonida bo‘lib, kerakli so‘zlarni aytish, qo‘llab-quvvatlashga ulgurish… Dunyoni ko‘rish va uni o‘z farzandlaringizga ko‘rsatishga ulgurish, o‘zingizni tanishga ulgurish, qolgan bari bekor!

Foto: Instagram / @lolaofficial_
— Tug‘ruqdan keyin qanday ozdingiz?
— Bu borada maslahat bera olmayman, buning hech qanday sirini ham bilmayman. Homiladorlik davrida 26 kiloga semirdim. Hozircha yana 8 kilogramm tashlash qoldi. Men juda kam ovqat yeyman va Aisha bilan ko‘p sayr qilaman.

— Kecha to‘satdan otam o‘tib qoldi. Otangizning o‘limiga qanday ko‘nikdingiz?
— Men ko‘nikmadim, biroq ko‘nikish «yo‘li»daman. Umid qilamanki, bu hayotdagi yagona to‘g‘ri yo‘l.

Lola otasi Ravshan Yo‘ldoshev bilan
Foto: Instagram / @lolaofficial_

— Otangiz bergan eng yaxshi, hech esingizdan chiqmaydigan maslahat?
— O‘ylanishga majbur qildingiz, ko‘zimga yosh keldi. U har doim menga kerakli maslahatlar berardi. Qanchalik g‘alati eshitilmasin, u juda oilaparvar inson edi. Oilani har doim birinchi o‘ringa qo‘yardi. Har doim singlim ikkalamizga hayotdagi eng muhim narsa oila ekanligi hamda uni asrash kerakligini aytardi. «Ayollar ba’zan hissiyotlarga berilib ketib, ko‘p xato qilib qo‘yadi», derdi. Har doim his-tuyg‘ularimni nazorat qilishga o‘rgatardi. «Shoshilma, o‘zingga kel, keyin qaror qabul qil», derdi. Yana inson doim kechirimli bo‘lishi kerak, derdi. Men uni hammasi uchun kechirdim, umid qilamanki, u ham meni kechirishga ulgurgan…

— Farzandlarni qanday tarbiyalash kerak? Tajribangiz bilan o‘rtoqlashsangiz. Siz ularni qachondir urganmisiz?
— Rostini aytaymi? Bolalarni qanday tarbiyalash kerakligini bilmayman. Onamning aytishicha, farzandlarimdan juda ko‘p narsa talab qilarmishman. U menga bolalarga erkinlik berishni, o‘z holiga qo‘yishni maslahat berdi. Ishonaman, ular yaxshi inson bo‘lib yetishadi. Bunga, umuman, shubham yo‘q. Bugun mening maqsadim ularga shaxs sifatida shakllanishiga hamda kuchli tomonlarini topishiga ko‘maklashish. Toki ular o‘ziga ishonsin. Kichkinaligimda o‘ziga ishonchi past, tortinchoq qizcha bo‘lganman, o‘zimga bo‘lgan ishonchsizlikni boshqarib bo‘lmaydigan energiyam ortiga yashirganman. Tengdoshlarim bilan yig‘ilsak, o‘zimni noqulay his etardim. Bu o‘z sevimli mashg‘ulotimni topib, energiyamni kerakli sohaga yo‘naltirgunimga qadar davom etgan.

Foto: Instagram / @lolaofficial_
— Qizlar tarbiyasida nimalarga e’tibor berish kerak?
— Fikrimcha, qizlar tarbiyasida muhim narsalardan biri bu ularni o‘ziga hurmat ruhida tarbiyalash. Onajonlar, kelajakda erkaklarga xizmat qilishi kerak bo‘lgan qullarni tarbiyalashni to‘xtating! Qizlarga bilim bering, shunda ular «quti» tashqarisidagi dunyoni ko‘rgach, o‘zlari stereotiplarga to‘la «quti» ichida qolishni istamaydi.

— Ajrashish jarayonini qanday o‘tkazgansiz? Men ham ikki farzandim bilan ajrashdim.
— Men bir kun ham ikki farzandim bilan qolib ketdim, deb o‘ylamaganman. Men ozod bo‘ldim! Ajrashish — bu tanlov. Va siz buni tanlaysiz. Farzandlaringiz sizning boyligingiz, ortiqcha yuk emas! Birga yashagan yillaringiz esa — tengsiz tajriba, vaqt va yoshlikni qo‘ldan boy berish emas. Hayotingiz uchun mas’uliyatni his eting va faqat olg‘a!

Foto: Instagram / @lolaofficial_
— Lola, juda rashkchiman. Ba’zan shunday ahmoqligim uchun o‘zimni koyiyman. Nima qilish kerak?
— Hammada bo‘ladi. Boshqa insonni asosiy e’tibor markaziga qo‘ymaslikka harakat qiling. Asosiy e’tiborni o‘zingizga qarating. Kitob o‘qish, qiziqarli filmlar tomosha qilish, odamlar bilan muloqot qilish, ko‘rgazma, muzeylarga borish, o‘zingizga yoqadigan ish bilan shug‘ullanishni boshlang. Sog‘lig‘ingiz va tashqi ko‘rinishingizga e’tibor bering. Shundan so‘ng, balki sizni rashk qila boshlashlari mumkin.

— Siz haydagan birinchi mashina? Uni kim olib bergan edi?
— Peugeot Cabriolet. 18 yoshga to‘lganimda otam sovg‘a qilgan edi.

Onasi Gulnora Yo‘ldosheva bilan. Foto: Instagram / @lolaofficial_
— Onangiz hozir qayerda?
— Onam mart oyida meni ko‘rish uchun bir haftaga Moskvaga kelgan edi. Keyin pandemiya boshlanib, bu yerda olti oy qolib ketdi. Shunday qilib, kecha Toshkentga qaytdi.

— Sizdek kuchli ayol bo‘lish uchun nima qilish kerak?
— Chilparchin bo‘lish hamda o‘zni bo‘laklab, qaytadan terish kerak.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Lola ajrashish jarayonini qanday o‘tkazgani, erining «plyus» va «minus»lari, otasining eng yaxshi maslahati haqida so‘zlab berdi