09:50 / 04.10.2020
3 515

Toshkentda “Mendirman Jaloliddin” serialining taqdimoti o‘tkazildi

Toshkentda “Mendirman Jaloliddin” serialining taqdimoti o‘tkazildi
Bugun Tashkent City Kongress-holida “Mendirman Jaloliddin” serialining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirga taklif etilgan O‘zbekiston va Turkiya madaniyat va san’at arboblari, O‘zbekiston hukumati vakillari, diplomatik korpus vakillariga serialning birinchi qismi namoyish etildi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur serial Turkiyaning “Bozdag film” kompaniyasi tomonidan suratga olingan. Davletov.uz yozishicha, s’yomka uchun Turkiyadagi 30 gektar maydonda yurtimizning XIII asrga oid muhiti jonlantirilgan. 1200 nafar ishchi-xizmatchining mehnati bilan 3500 kv/m maydonda balandligi 5,5 metr bo‘lgan ikki qavatli Xorazmshoh saroyi qurilgan. 200 dan ortiq liboschilar o‘zbek va turk rassomlari eskizlari asosida minglab tarixiy kostyumlarni tikib, tayyorlashgan. Istanbuldan 750 km masofadagi Oqsaroy muzofotida sahro jang sahnalari suratga olingan.

Ma’lumotga ko‘ra, serialining birinchi fasli 13 qismdan iborat bo‘lib, uning premerasi 2021 yilning yanvar oyida teletomoshabinlarga taqdim etilishi rejalashtirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Toshkentda “Mendirman Jaloliddin” serialining taqdimoti o‘tkazildi