23:09 / 18.12.2020
2 681

SSV: «Xitoy vaksinasining natijalari ijobiy, hech qanday asoratlari bo‘lgani yo‘q»

SSV: «Xitoy vaksinasining natijalari ijobiy, hech qanday asoratlari bo‘lgani yo‘q»
Foto: «Gazeta.uz»
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Amrillo Inoyatov qaysi faktorlarni inobatga olib, «Sputnik V» (Rossiya) va Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical (Xitoy) vaksinalarini sinovdan o‘tkazishni boshlagani haqidagi savolga javob berdi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar bermoqda.

«Sanab o‘tilgan vaksinalar, ayniqsa, Xitoy vaksinasini bugungi kunda uchinchi jarayonda olish boshlandi. Kuzatuv jarayonlari olib borilyapti, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Respublika maxsus komissiyasi tomonidan natijalari e’lon qilinadi. Natijalar ijobiy, hech qanday asoratlari birorta ham bo‘lgani yo‘q. Albatta, yakuniy xulosaga kelinganidan keyin hukumat tomonidan to‘liq, ommaviy emlash yo‘lga qo‘yiladi", — degan Amrillo Inoyatov 18 dekabr kuni o‘tkazilgan «Toshkent yoshlar forumi — 2020»da.

Eslatib o‘tamiz, 21 oktabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi koronavirusga qarshi rekombinant vaksinaning klinik sinovlarini O‘zbekistonda tashkil etish masalasi bo‘yicha Xitoy Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti va Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar o‘tkazgan edi.

Ushbu vaksina O‘zbekistonga 7 noyabr kuni keltirilgan edi. Vaksina sinovlari reja bo‘yicha 5000 ko‘ngilli odamda va faqat Toshkent shahrida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Innovatsion rivojlanish vaziri, biolog olim Ibrohim Abdurahmonov Xitoy vaksinasini ijobiy baholagan. Vazir vaksina oluvchilar 18 yoshdan 59 yoshgacha bo‘lgan bitta guruh, ikkinchi guruhga esa 60 yoshdan yuqori bo‘lganlar kirishini ta’kidlab o‘tgan. Agar ko‘ngillilar orasida biror kishida asoratlar yoki nojo‘ya ta’sir kuzatilsa, o‘sha ko‘ngilli shaxs bepul davolanadi. Shuningdek, ko‘ngillilar ishtiroki uchun pul mablag‘i berilishi ham mumkin.

Vaksinaning nojo‘ya xavfli ta’sirlar paydo bo‘lganda, ya’ni 15 foiz odamlarda shu holat kuzatilsa, zudlik bilan zarur chora-tadbirlar ko‘riladi hamda o‘rganish boshlanadi. Lekin bu agar 30 foizga yetadigan bo‘lsa, vaksina sinovlari to‘xtatiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » SSV: «Xitoy vaksinasining natijalari ijobiy, hech qanday asoratlari bo‘lgani yo‘q»