07:39 / 22.12.2020
3 737

«Muhtasham yuz yil»dagi Ibrohim — Okan Yalabik baxtini topdi

«Muhtasham yuz yil»dagi Ibrohim — Okan Yalabik baxtini topdi
Foto: «Kinoteka.com»
Hayotini sir saqlashni afzal biluvchi Okan Yalabikning shaxsiy hayotida o‘zgarish yuz berdi. Ancha vaqtdan beri bo‘ydoq bo‘lgan Yalabik yozuvchi, teatr tanqidchisi, kostyumlar dizayneri Ezgi Ayvali bilan uchrashishni boshladi. Bu haqda «Kinoteka.com» xabar beradi.

Aktyor oilasining do‘sti bo‘lgan Ezgi tez-tez ularnikiga mehmonga borib turgan. Ular o‘rtasidagi munosabatlar Yalabikdan 12 yosh kichik bo‘lgan Ayvalining birgalikda tushgan fotosi bilan bo‘lishganidan keyin ma’lum bo‘lgan. Aktyor suratga birinchi bo‘lib layk bosgan.

Foto: «Kinoteka.com»
Tanishganidan uch yil o‘tib juftlik turmush qurishga qaror qilgan, deyiladi xabarda.

Aktyor Ibrohim poshsho rolini ijro qilgan «Muhtasham yuz yil» seriali 50 dan ortiq mamlakatda efirga uzatilgan bo‘lib, u eng yaxshi erkak ijrochi sifatida taqdirlangan.

Ishtirokidagi 30 dan ortiq loyihalar ichida «Mening sevgim», «Vatanim sensan» kabi esda qolarli seriallar bo‘lgan Okan Yalabik ayni vaqtda «Doktor Xaus»ning turkcha remeyki «Hekimoglu» nomli serialda suratga tushmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Muhtasham yuz yil»dagi Ibrohim — Okan Yalabik baxtini topdi