07:24 / 27.12.2020
2 669

Kinoda ayol faqat uy bekasi yoki qaynona obrazida namoyish etiladi. Aslidachi?

Kinoda ayol faqat uy bekasi yoki qaynona obrazida namoyish etiladi. Aslidachi?
Elektron va ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, «O‘zbekkino» Milliy agentligi va Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan Ayollar media klubi a’zolarining navbatdagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida bloger va «SmartGov consulting» rahbari Aziza Umarova media mahsulotlarda ayollar obrazining yaratilishiga to‘xtalib o‘tdi:

«O‘zbek kinolarida ham, teleko‘rsatuvlarda ham ayollarga nisbatan qarash yaxshi emas. Ziyoli o‘zbek ayollari obrazlari yaratilmayapti. Kinoda ayol ko‘rsatilsa u faqat uy bekasi yoki qaynona obrazida namoyish etiladi. Aslidachi? Ayollarimizning jamiyatdagi o‘rni oshmoqda. Katta lavozimlarni egallashmoqda. Agar biz media kontentda ayollarni shunchaki rafiqa va qaynona obrazida gavdalantiraversak, jamiyatning xotin-qizlar muammolariga bo‘lgan qarashlarini o‘zgartira olmaymiz. Omadli, ziyoli, tadbirkor ayollarimiz ham ko‘p. Shunda obrazlarni ham ko‘proq namoyish etish kerak. Mediada ayollar obrazlarini diskriminatsion xarakterga ega bo‘lib qolayotganday tuyulmoqda», — dedi Aziza Umarova.

Shuningdek tadbirda ayollar uchun teleko‘rsatuvlar faqatgina pishiriqlar va bezanish hamda kosmetologiya bilan bog‘liq bo‘lib qolgani tanqid qilindi. Televizor orqali ayolning baxti faqat shu narsalarda degan targ‘ibot oqibatlari salbiy ekanligi ta’kidlandi.

Davra suhbatidan so‘ng «O‘zbekkino» Milliy agentligi tomonidan aynan ayollar muammolari to‘g‘risidagi «Rangsiz tushlar» filmining premerasi taqdim etildi. Ayub Shahobiddinovning o‘tkir ijtimoiy muammolarga bag‘ishlangan filmida uzoq yillik mahkumlikdan so‘ng jamiyatga moslashishga qiynalayotgan ayolning taqdiri hikoya qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Kinoda ayol faqat uy bekasi yoki qaynona obrazida namoyish etiladi. Aslidachi?