00:23 / 20.01.2021
4 592

Shavkat Mirziyoyev ayrim telekanallardagi ko‘rsatuv va seriallar saviyasini tanqid qildi

Shavkat Mirziyoyev ayrim telekanallardagi ko‘rsatuv va seriallar saviyasini tanqid qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbek telekanallarida efirga uzatilayotgan aksariyat loyihalar yoshlar tarbiyasini buzish va oilaviy qadriyatlarni izdan chiqarishga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda 19 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida so‘z bordi, deya xabar bermoqda «Daryo».

«Bugun ayrim telekanallarimizda namoyish etilayotgan ko‘rsatuvlar, ko‘ngilochar dastur va seriallarning ma’naviy-axloqiy saviyasi odamlarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lyapti. Ularning aksariyati yoshlarimizning ma’naviyatini yuksaltirish o‘rniga, tarbiyasini buzish, oilaviy qadriyatlarimiz va axloqiy qarashlarimizni izdan chiqarishga sabab bo‘lmoqda. Bu – achchiq haqiqat.

Telekanallar qoshidagi badiiy kengashlar qayoqqa qarayapti? Ular qaysi mezonlar asosida ish ko‘ryapti?
», – dedi Prezident.

Davlat rahbari Milliy teleradiokompaniya, «O‘zbekkino» milliy agentligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Ma’naviyat markazi rahbarlariga ikki oy muddatda barcha telekanallar qoshidagi badiiy kengashlar faoliyatini tanqidiy tahlil qilib, ularning nizomini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.

«Kerak bo‘lsa, bu boradagi mavjud qonunchilikni ham takomillashtirish kerak», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev saviyasiz ko‘rsatuvlarni tanqid qilgan mahalla faolining taklifiga munosabat bildirgan edi.

«Mana, hozir siz aytgan ko‘rsatuv bo‘yicha topshiriq bersam, darrov o‘sha loyihani yopib yuborishadi. Ammo bu senzura deya baholanmaydimi, ochiqlik va so‘z erkinligi bo‘yicha qilayotgan islohotlarimizga o‘zimiz qarshi chiqqan bo‘lib qolmaymizmi? Saviyasiz deb yopib yuborgan ko‘rsatuvlarimizning o‘rniga qanday loyihalar yaratiladi, ularni boshlovchi sifatida kimlar olib boradi?

O‘ylaymanki, bu kabi loyihalar ham bugungi o‘tish davrining bir mahsuloti. Odamlarimiz endi emin-erkin yashashga o‘rganyapti. Biz yengil-yelpi ko‘rsatuvlarni butunlay to‘xtatish to‘g‘risida emas, balki saviyasini oshirish haqida o‘ylashimiz lozim
», – degan edi Prezident.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Shavkat Mirziyoyev ayrim telekanallardagi ko‘rsatuv va seriallar saviyasini tanqid qildi