16:33 / 07.02.2021
6 227

Ijrosi serial muvaffaqiyatini ta’minlaydigan turk aktrisalari (foto)

Ijrosi serial muvaffaqiyatini ta’minlaydigan turk aktrisalari (foto)
Turk seriallarining yuqori reytingni qayd qilishi va muvaffaqiyatli chiqishi nafaqat syujet, o‘ziga xoslik va unda rol ijro qilayotgan aktyor va aktrisalarning qanchalik mahoratli ekaniga bog‘liq, deb yozadi "Daryo" nashri.

Neslihan Atagul

Foto: Pinterest
Go‘zal va o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘lgan aktrisa istagan loyihaning muvaffaqiyatli chiqishi garovi hisoblanadi. O‘smirlik davridanoq suratga tushishni boshlagan Neslihan «Ishq sohillari» serialidan keyin mashhurlikka erishgan. U bosh qahramon rolini gavdalantirgan «Sevgi iztirobi» Emmi mukofotiga loyiq deb topilgan. Shundan keyin «Elchining qizi» serialida Nare rolini ijro qilgan va sog‘lig‘i yomonlashgani sabab loyihani tark etishi muxlislar uchun kutilmagan hol bo‘lgan.

Tuba Buyukustun

Foto: Milliyet
38 yoshli aktrisa 20 yildan buyon turk muxlislarining sevimli aktrisasi hisoblanadi. Uning ijrosidagi «Osiyo», «Pul va gul ishqi» seriallari xalqaro muvaffaqiyatga erishgan va xorijiy tomoshabinlar qalbini ham zabt etib ulgurgan. Tuba ijrosidagi istalgan serial eng yuqori reytinglarni qayd qiladi. Neslihan «Elchining qizi»ni tark etganidan keyin ijodkorlar loyihaga bo‘lgan qiziqishni orttirish uchun Tubani rol ijro qilishga taklif qilgan.

Demet O‘zdemir

Foto: Turk Cinema
Romantik komediyalarning qirolichasi deb ataladigan aktrisa «Qulupnay ifori» serialidan keyin mashhurlikka erishgan. Shundan keyin prodyuserlar tomonidan turli takliflar kelib tusha boshlagan. «Tong qushi» serialida Jan Yaman bilan birga suratga tushgani muvaffaqiyat olib kelganidan keyin Demet o‘zini dramada sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan va «Sen tug‘ilgan uy» serialida bosh qahramon rolini gavdalantirgan.

Xatije Shendil

Foto: Milliyet
Xatije 2010 yilda «Qoradog‘lar» serialida suratga tushgan. 2012 yilda esa «Dila xonim» serialiga bosh rolga tasdiqlangan. «Taqdirga qarshi sevgi» serialida O‘zjan Deniz bilan birga rol ijro qilgan. 6 yil ketma-ket suratga tushgan aktrisa keyinchalik ekranda ko‘rinish bermay qo‘ygan va 2019 yildan faoliyatini davom ettira boshlagan.

Beren Saat

Foto: Milliyet
«Taqiqlangan sevgi» serialida rol ijro qilgan aktrisa keyinchalik «Aybsiz aybdor», «Qasos», «Ko‘sem» seriallarida suratga tushgan. Muxlislar qalbini zabt etgan Beren shundan keyin Netflix platformasi uchun «Atiye» serialida suratga tushishga taklif qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ijrosi serial muvaffaqiyatini ta’minlaydigan turk aktrisalari (foto)