Xudo xohlasa, bugun, 14 fevral kuni soat 20:30 da «Milliy» telekanalida uzoq kutilgan «Mendirman Jaloliddin» serialimizning premerasi bo‘ladi, deb yozadi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanalida.
Serial efirga uzatilmasdanoq odamlarda katta qiziqish uyg‘otdi va qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Bu — tabiiy. To‘laqonli kino ko‘rinishidagi tarixiy serial olish amaliyoti bizda deyarli yo‘lga qo‘yilmagan. Demak, bu — biz uchun yangilik. Yangi havo esa har qanday jamiyatni doim to‘lqinlantiradi.
Serialimiz kimgadir yoqishi, kimgadir ma’qul kelmasligi ham tabiiy holat. Biz premeradan so‘ng fikrlar turli-tuman bo‘lishga tayyormiz. Odamlar o‘z mulohazasini erkin bildirishi jamiyatning ochiqligi belgisidir.
Masalan, eng ko‘p savol filmda nega bosh rolga turk aktyori taklif etilgani haqida bo‘ldi. Asosiy maqsad serial orqali aktyorlarni tanitish emas, balki taniqli aktyorlar orqali jahonga millatimiz qahramonlarini namoyon qilishdir.
Serial to‘qima obrazlar va voqealar bilan boyitildi. Seriallarning asosiy maqsadi — tomoshabinlarda tarixiy qahramonlarga, tarixiy voqealarga qiziqish uyg‘otish. Odamlar o‘zimizning boy tariximizga qiziqib, uni o‘rganishlari — serialning eng katta maqsadi. Serial, hujjatli filmlardan shunisi bilan farq qiladi.
«Ancha budjet mablag‘i sovurilibdi», degan gaplar ham bo‘ldi. Ammo bu ta’na asossiz. Serial to‘liq homiylar ko‘magida ishlandi. Buning uchun bosh homiy «Orient Finans Bank»ga minnatdorlik bildiramiz.
Azizlar, bugun «Mendirman Jaloliddin» filmi ijodkorlari va bu loyihani qo‘llab-quvvatlagan barcha uchun uzoq kutilgan bayram! Keling, maza qilib serialni tomosha qilaylik. Serialimiz sizga yoqadi, degan umiddamiz. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?