«O‘zbekkino» Milliy agentligi Rossiyaning «Masterskaya» kinokompaniyasi bilan hamkorlikda «O‘zbekiston. Yangilanayotgan tarix» hujjatli filmi ustida ishlamoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020 yil 20 noyabr kuni «O‘zbekfilm» kinostudiyasiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari ijrosi yuzasidan suratga olinayotgan ushbu film O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlanadi. Unda yurtimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar haqida hikoya qilinadi.
Film ijodkorlari joriy yilning fevral oyida tasvirga olish ishlari bilan Toshkent shahriga tashrif buyurishdi.
Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, «Masterskaya» kinokompaniyasi Rossiyaning eng yirik hujjatli filmlar ishlab chiqaruvchi tashkiloti hisoblanadi. Kinokompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan filmlar «ORT» hamda «Rossiya» telekanallari orqali namoyish etib boriladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi
Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi?
Maryam Tillayeva kelajagini O‘zbekistonda ko‘rmasligi haqida so‘zlab berdi
Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin
Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi?
BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi