22:22 / 03.03.2021
2 479

O‘zbekistonlik dijey Toshkent teleminorasida o‘z musiqiy to‘plamini taqdim etdi (video)

O‘zbekistonlik dijey Toshkent teleminorasida o‘z musiqiy to‘plamini taqdim etdi (video)
Foto: YouTube
Roger Gunn taxallusi ostida ijod qilayotgan Sarvar Po‘latov o‘zining YouTube’dagi kanaliga Toshkent teleminorasida ijro etgan mualliflik hamda xorijiy musiqalarni joyladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Sarvar Po‘latov Milliy TV ko‘ngilochar telekanalining musiqiy prodyuseri hisoblanadi. Ajablanarlisi shundaki, u ilgari professional tennischi bo‘lgan.

Roger Gunn’ning trek hamda remikslari Revealed va Enormous Tunes kabi xalqaro leybllardan o‘rin olgan. Ular dunyodagi eng mashhur dijeylar – Benny Benassi, Don Diablo, Afrojack, Blasterjaxx, Hardwell, Mr. White, Thomas Gold va boshqalar tomonidan ijro etiladi.

Uning bundan avvalgi videosi orqali muxlislar nafaqat musiqadan, balki Chimyon tog‘larining go‘zalligidan ham bahramand bo‘lgan edi.

Ma’lumot uchun, Roger Gunn – o‘zbek musiqachisi, dijey va prodyuser. U musiqaning ma’lum bir uslubidagina emas, turli janrlarda ijod qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » O‘zbekistonlik dijey Toshkent teleminorasida o‘z musiqiy to‘plamini taqdim etdi (video)