14:50 / 19.03.2021
2 739

G‘ayrat Usmonov sababsiz «zapret»da bo‘lgani va kliplarini telekanallar qanday vajlar bilan qaytargani haqida (video)

G‘ayrat Usmonov sababsiz «zapret»da bo‘lgani va kliplarini telekanallar qanday vajlar bilan qaytargani haqida (video)
Xonanda G‘ayrat Usmonov «Chotki TV» YouTube kanaliga intervyu berdi. Intervyuda xonanda ma’lum muddat ijodida katta to‘siqlarga uchragani haqida gapirib berdi.

«Televideniyega boramiz, kliplarimiz o‘tmaydi: raqobat, kimdir tomonidan qarshiliklar bo‘lgan. Katta sahnaga bizni qo‘ymaydi, sababini bilmaymiz. Oxiri radioda, rahmatli bo‘lib ketdi, bir akamiz ishlardi telefonda gaplashdik. ‘Aka, nima sabab bizning qo‘shiqlarimiz o‘tmayotganiga? Eski qo‘shiqlarimni qo‘yyapsizlar. Yangisiga pul to‘lasam ham qo‘ymayapsizlar’, dedim. ‘Siz yaqinimsiz, o‘zingizga aytaman. Falonchi falonchining qo‘shig‘i qo‘yilmasin, deb trubkani qo‘yib qo‘yadi, sizni deb radio yopilib ketishini xohlamayman’ dedi», — deya hikoya qiladi G‘ayrat Usmonov.

«Qarshilik shu darajada bo‘lganki, nahotki men bu mamlakatning fuqarosi bo‘lmasam, degan shubhalarga ham borganman. Nega qayerga borsam ko‘kragimdan itarishadi? Katta sahnalarga muxlislar so‘rab yotibdi, nega chiqarishmaydi? Universiada, Mustaqillik, eng chekka hududlardagi qishloqlarda nima xizmat bo‘lsa, qilgan bo‘lsak, nima uchun ko‘kragimizdan itarilishimiz kerak? Muhammadqodir Abdullayev Olimpiada chempioni bo‘lganida ringga chiqish oldidan ‘O‘g‘lon’ degan qo‘shiq aytib berishni iltimos qilishdi.

Qo‘shiqni tayyorladim, klip ham oldirdim. Har bir klipga kamida 4-5 ming dollar pul ketadi. Unday klipingizdan 10 tasi o‘tmasa, 50 ming dollarga kuyasiz. Bu narsalar boshimdan o‘tdi. ‘Yarash-yarash’, ‘Yor-yor’, ‘O‘g‘lon’, ‘Boqma’ kabi kliplarim o‘tmadi. Muhammadqodir Abdullayev haqidagi klipni olib borsam, qaytarishdi. Bularning shunday o‘yinlari bor ekan: insonning qilgan mehnatining qadri bir chaqalik ham emas ekan bular uchun.

Klipni SSSRning formasi ko‘rinib qolibdi, deb qaytarishdi. Muhammadqodirning maktab formasidagi bolalik davrini olganmiz-da, ‘Biz SSSRning formasida o‘qiganmiz, bolalarga qanday qilib mustaqillik formasini kiydiraman’, dedim, ‘Biz bilmaymiz, agar klipingiz efirga ketishini istasangiz, formani olib tashlaysiz’, deyishdi. Montajchilarga olib borib, o‘chirtirib keldim SSSR emblemasini. Olib bordim, yana qaytarishdi. Sababini so‘rasam, ‘Rangi sarg‘ayib qolibdi, hozir televideniyega yashil rang kerak’, dedi. Uniyam o‘zgartirib obordim, yana qaytarishdi. ‘Klipda ringda bir odam ko‘rinib qolibdi, bu odam zapretda. Uni ko‘rsatish mumkinmas TVda’, deyishdi.

Sodda ekanman, yana sababini so‘radim. ‘Muhammadqodirni olib tashlaysiz, ringda urib yiqitgan joyi vahshiylik’, deyishdi. ‘Boksni olib tashlanglar’ bo‘lmasa, dedim. O‘tmadi, xullas. Shuncha to‘siqlar bo‘lganidan keyin yana qanday qadam bosaman, mening ham oriyatim bor. Yalinib, ularning ostonasiga bormayman
», — deydi xonanda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » G‘ayrat Usmonov sababsiz «zapret»da bo‘lgani va kliplarini telekanallar qanday vajlar bilan qaytargani haqida (video)