“Mittivine” jamoasi a’zosi Bonu Ikromova Instagramdagi reklama narxlari va daromadi haqida gapirdi (video)

1 daqiqa o'qish421
“Mittivine” jamoasi a’zosi Bonu Ikromova Instagramdagi reklama narxlari va daromadi haqida gapirdi (video)
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • "Mittivine" jamoasi a'zosi Bonu Ikromova Instagram'dagi bir reklama posti uchun 1200 dollar, Stories uchun esa 400 dollar narx belgilanganini ma'lum qildi.
  • Uning oyiga daromadi 5 ming dollardan ko'proqni tashkil etadi, ammo aniq summani oshkor qilishdan bosh tortdi.
  • Bonu Ikromova bolaligidan ot minishga qiziqqan va O'zbek jang san'ati bo'yicha qora belbog' sohibi hisoblanadi.

Bloger va sportchi Bonu (Mehrinisobonu) Ikromova “PulNews” ko‘rsatuvidagi suhbatda blogerlik faoliyatidan tashqari sportga bo‘lgan qiziqishi, Instagramdagi reklama narxlari va daromadi haqida ham gapirdi.

U bolaligidan ot minishga qiziqishi, shuningdek, O‘zbek jang san’ati bo‘yicha qora belbog‘ sohibi ekanini ma’lum qildi. Bonu “Mittivine” jamoasiga qo‘shilishidan avval ushbu sport turi bo‘yicha bolalarga murabbiylik ham qilganini aytdi.

Bloger yoshligida yaxshi ko‘rgan oti uning ko‘z o‘ngida nobud bo‘lganidan so‘ng bir muddat otlardan uzoq yurganini ham yashirmadi. Vaqt o‘tib, bir do‘sti sabab yana otlarga mehr qo‘yganini bildirdi.

Ko‘rsatuv boshlovchisi Jahongir Latipov Bonuning Instagramdagi videolari millionlab tomosha qilinishini ta’kidlab, undan reklama narxlarini so‘radi.

Bonu Ikromova Instagramdagi bir reklama posti 1200 dollar, Stories esa 400 dollar turishini ochiq aytdi.

Shundan so‘ng undan oyiga taxminan qancha daromad topishi so‘raldi. Bloger aniq summani aytishdan bosh tortib, oilasida bolaligidan daromadni boshqalarga oshkor qilmaslik kerakligi uqtirilganini aytdi.

“Men yoshligimdan, to‘g‘rirog‘i, pul ishlab topishni boshlaganimdan boshlab, 'Daromadingni hech kimga aytma', deyishgan. Hozir esa 'Mittivine' jamoasiga qo‘shilib, o‘z talablarim va xohishlarimga, shuningdek, uydagilarning ehtiyojlariga yetadigan pul ishlab topaman. Uydagilarga ham yordam beryapman”, — dedi Bonu Ikromova.

Jahongir Latipov daromad miqdorini aniqlashtirish uchun “10 ming dollar bormi?” deb so‘radi. Bloger bunga “yo‘q” deya javob berdi.

“5 ming dollardan ko‘pmi?” degan savolga esa Bonu Ikromova “Ha, shu atrofida”, deya javob qaytardi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?