19:46 / 29.03.2021
3 280

Davron Kabulov «Millionavirus» konsertida katta sahna ko‘rinishi badiiy kengash tomonidan olib tashlanganini ma’lum qildi

Davron Kabulov «Millionavirus» konsertida katta sahna ko‘rinishi badiiy kengash tomonidan olib tashlanganini ma’lum qildi
«Million» jamoasi sardori Davron Kabulov jamoaning oxirgi «Millionavirus» deb nomlangan konsert dasturidagi katta sahna ko‘rinishi badiiy kengash tomonidan olib tashlanganini ma’lum qildi.

- "Ko‘pchilik bilmaydigan bir ma’lumotni ochiq aytib o‘tmoqchiman. «Million» jamoasining yangi dasturida bizning katta va eng ishongan sahna ko‘rinishimiz badiiy kengash tomonidan olib tashlandi. Ular «hozirgi vaziyatda bu narsani sahnada qo‘ymaganimiz ma’qulroq», degan to‘xtamga kelishdi.

To‘g‘risi, shu chiqishimizdan rosa umid qilgandik. Bu sahna ko‘rinishini o‘zimiz ham, Mirkomil akam, Alisher ham mazza qilib ijro qilishayotgandi. Qariyb yarim soatlik chiqishimiz olib tashlandi. Bizni xursand qilgan holat, katta chiqishimiz olib tashlangan holda ham tomoshabinlar bizni juda yaxshi kutib oldi. «Bu konsertingiz zo‘r chiqibdi, boshqacha bo‘libdi», deyishganida jamoadagilar bir-biriga qarab, «agar ishongan nomerimiz qo‘yilganida nima bo‘lardi», deb qo‘ydik.

Muxlislarni sog‘ingan edik. Balki shu sababdan hech kim hech narsadan shikoyat qilmasdan, mazza qilib rollarini o‘ynadi
", - dedi «Million» jamoasi sardori, shoumen Davron Kabulov.

Ma’lumot uchun, «Million» jamoasining «Millionavirus» deb nomlangan konsert dasturi «Xalqlar do‘stligi» saroyida 2021 yilning 20—28 fevral kunlari bo‘lib o‘tdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Davron Kabulov «Millionavirus» konsertida katta sahna ko‘rinishi badiiy kengash tomonidan olib tashlanganini ma’lum qildi