Aktrisalarda mahorat bilan birga tashqi ko‘rinish, qad-qomat hamda uzun bo‘y ham alohida ahamiyatga ega. Turk yulduzlari orasida esa bu kabi talabga javob beradigan aktrisalar talaygina. Shuning uchun ham ular ilk faoliyatini modellikdan boshlagan.
Xande Erchel, 175 santimetr
Foto: «Yandeks Dzen»
Xande nafaqat Turkiya, balki dunyo bo‘ylab muxlislar ko‘nglini zabt etayotgan aktrisalar qatorida joy olmoqda. U o‘zbek tomoshabinlariga «Malikam, endi qara» hamda «Gunesh qizlari» seriali orqali tanish. Shuningdek, Xande ko‘plab reklamalarda ishtirok etadi va jahon kosmetika brendining yuzi hisoblanadi.
Fahriye Evjen, 173 santimetr
Foto: «Yandeks Dzen»
Fahriyening dunyo miqyosidagi mashhurligi uning Burak O‘zchivit bilan «Choli qushi» serialidagi roli bo‘ldi. Aktrisani film va seriallarga suratga tushishidan tashqari bir necha kosmetik vositalar reklamasida ko‘rish mumkin.
Hazal Feliz, 172 santimetr
Foto: «Yandeks Dzen»
Hazal karerasini jurnallar uchun suratga tushadigan model sifatida boshlagan. U «Sevgi iztirobi» filmidan so‘ng chinakam mashhurlikka erishdi.
Dilan Chichek Deniz, 177 santimetr
Foto: «Yandeks Dzen»
Dilan ham kino olmiga kirmasdan avval 16 yoshida model sifatida ish boshlagan. U «Turkiya go‘zali» tanlovida ikkinchi o‘rinni egallagan. Aktrisa «Chuqur» serialidagi roli bilan xalq orasida mashhurlikka erishdi.
Maryam Uzerli, 173 santimetr
Foto: «Yandeks Dzen»
«Muhtasham yuz yil» seriali namoyishidan so‘ng aktrisani tanimaydigan insonning o‘zi qolmadi. Aktrisa keyinchalik boshqa filmlarda va chet el bilan hamkorlikda ishlashni ham yo‘lga qo‘ygan.
Jansu Melis Karakum, 182 santimetr
Foto: «Yandeks Dzen»
Jansu 2014 yil «Turkiyaning eng yaxshi modeli» unvoniga sazovor bo‘lgan.
Berguzar Korel, 180 santimetr
Foto: «Yandeks Dzen»
Aktrisa «1001 kecha» serialidagi roli uchun «Oltin kapalak» mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Sezgi Sena Akay, 181 santimetr
Foto: «Yandeks Dzen»
Sezgi ko‘p yillar mobaynida sport bilan shug‘ullangan. U professional voleybolchi. 2012 yilda «Turkiyaning eng yaxshi modeli» hamda «Dunyoning eng yaxshi modeli» unvonini qo‘lga kiritgan.
Selma Ergech, 178 santimetr
Foto: «Yandeks Dzen»
Selmaning karerasi ta’sirchan rollarga boy. Ammo u ham ko‘proq «Muhtasham yuz yil» serialidan keyin dunyo miqyosida mashhurlikka erishdi.
Birche Akalay, 178 santimetr
Foto: «Yandeks Dzen»
Birche ham «Turkiya go‘zali» tanlovida ishtirok etib, uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan. Tanlovdan so‘ng unga sport dasturida ishlash taklifini bildirishgan. Shundan so‘ng jurnallar reklamasi ham «Taqdir» filmida ilk debyutini ijro etgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi