20:28 / 07.05.2021
4 170

Dilfuza Ismoilova ustozi Yulduz Usmonova bilan oralariga tushgan sovuqchilik sababini aytdi

Dilfuza Ismoilova ustozi Yulduz Usmonova bilan oralariga tushgan sovuqchilik sababini aytdi

Foto: Instagram / @dilfuza_ismailova
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova va xonanda Dilfuza Ismoilova bir paytlar bir-birini qattiq hurmat qilgan, yaqin dugonalar, ustoz-shogird edi. Ammo hozirgi paytda ularning o‘rtasiga sovuqchilik tushgan. Dilfuza Ismoilova «Mashhurlar» ko‘rsatuviga bergan intervyusida ushbu sovuqchilikning sababini izohladi.

«Hozir Yulduz opam bilan munosabatimiz yaxshi emas. Salom-aligimiz bor, lekin dardlashmaymiz. Yulduz opamning shunday xarakteri borki, ishonuvchan. Men ularga aytardim, hech qachon birovning gapiga ishonmang, deb. Odam ko‘zi bilan ko‘rishi, qulog‘i bilan eshitishi kerak. Men, masalan, birov menga birovni gapirib kelsa, ishonmayman. U odamni hurmat ham qilmayman, bor, deyman. Inson o‘ziga, aqliga, qulog‘iga, ko‘ziga ishonganidan keyin gapirishi kerak.

U unaqa debdi, bu bunaqa debdi, degan gaplarga ishonib qoladigan odatlari bor edi. Unaqa bo‘lishi kerak emas. Yulduz opa juda ishonuvchan, shuning uchun ularga ishonmang hech kimga, degim keladi. Insonning ichini bilish juda qiyin. Toza do‘st topish juda qiyin. Oldilariga kim qanaqa niyatda keladi, Xudo biladi. Bizga hammaning havasi kelardi. Gadoning dushmani gado bo‘ladi. Men haqimda san’atkorlar ularga nima deyayotganini o‘z qulog‘im bilan eshitganman
», — deydi Dilfuza Ismoilova.

Dilfuza Ismoilova kun kelib, ustozi bilan munosabatlari yana avvalgidek bo‘lishiga ishonishini ham aytib o‘tdi.
«Vaqti keladi, hali yana dardlashib o‘tiramiz. O‘shanda ularga aytadigan gaplarim bor. Men ularga faqat yaxshilik tilayman. Chunki bunday insonlar boshqa tug‘ilishi qiyin», — deydi xonanda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Madaniyat » Dilfuza Ismoilova ustozi Yulduz Usmonova bilan oralariga tushgan sovuqchilik sababini aytdi