13:18 / 21.05.2021
3 999

«Men terrorchi emasman» — yilning shov-shuvli premerasi


22 may kuni Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida «Men terrorchi emasman. O‘limim tarixi» filmining katta premerasi bo‘lib o‘tadi.
O‘tkir syujetli harbiy drama janridagi, real voqealarga asoslangan filmda terrorchilik guruhlariga qo‘shilib qolganlarning ayanchli taqdiri haqida hikoya qilinadi.

Kinokartina haqidagi yana bir muhim ma’lumotlardan biri, yaqinda film Rossiyada rus tiliga tarjima qilindi. Namoyish kuni ijodiy guruh filmni ikki tilda — o‘zbek va rus tilida tomoshabinlar e’tiboriga havola qilish niyatida.

«Men terrorchi emasman» badiiy filmi O‘zbekiston kinematografiya agentligi, Mir Ali cinema va Iskandariy visual kinokompaniyalari bilan hamkorlikda suratga olingan. Bosh rolda Alixan Husniddinov.

Shuningdek, filmda aktyorlardan Sanjar Javberdiyev, Ziyoda Normurodova, Nasrullo Nurov, Shohrux Rahimov, Bekzod Tadjiyev, Sadriddin Amriddinov va boshqalar rol ijro etgan.

Ssenariy muallifi va postanovkachi rejissyor Muhammad Ali Iskandarov, operator Husan Atabayev, postanovkachi rassom Bahriddin Shamsutdinov, kompozitor Jasur Badalboyev, ijrochi prodyuser Nodir Mo‘minov, montajyor Aleksandr Kim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Men terrorchi emasman» — yilning shov-shuvli premerasi