09:25 / 30.05.2021
6 959

BTS guruhining yangi qo‘shig‘i bir nechta Ginnes rekordini o‘rnatdi


Foto: Salve Music
Janubiy Koreyaning BTS nomli key-pop guruhi o‘zining yangi Butter qo‘shig‘ini taqdim etib, bir nechta Ginnes rekordini o‘rnatdi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».

Klip 21 may kuni chiqqan va uni bir vaqtining o‘zida YouTube’da 3,9 million foydalanuvchi tomosha qilgan. Ta’kidlanishicha, bu boradagi oldingi rekord ham BTS vokalchilariga tegishli bo‘lib, ularning Dynamite qo‘shig‘ini bir vaqtning o‘zida 3 million foydalanuvchi tomosha qilgandi.

Bundan tashqari, Butter e’lon qilinganidan boshlab bir sutka ichida platformadagi eng ko‘p tomosha qilingan musiqiy videoga aylangan. Ma’lum bo‘lishicha, u 108 million martadan ortiq ko‘rilgan. 27 aprel holatiga ko‘ra, BTS qo‘shiqlari musiqiy servisda 16,3 milliard marotabadan ortiq tinglangan. Bu kabi marra tarixda birinchi marotaba qayd etilmoqda.

Spotify servisida Butter bir sutka ichida 11,042 million martadan ortiq tinglanib, yuklab olingan. Bundan oldingi natija Ed Shiran va Jastin Biber ijrosidagi I don’t care qo‘shig‘iga tegishli. Trek bir paytning o‘zida 11 million martadan ortiq tinglangan edi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda Time jurnali Koreyaning BTS guruhini «Yil xonandalari» deb atagandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » BTS guruhining yangi qo‘shig‘i bir nechta Ginnes rekordini o‘rnatdi