18:00 / 20.06.2021
25 408

«Qodirxon» seriali qahramoni Marjona Mirzaalieva Davron Asqarov bilan munosabatlariga oydinlik kiritdi (video)


Foto: YouTube
«Qodirxon» seriali qahramoni Marjona Mirzaalieva partnyori Davron Asqarov bilan munosabatlariga oydinlik kiritdi.
Bu haqida aktrisa YouTube’dagi YashinTV kanaliga bergan intervyusida ma'lum qildi.

"Davron Asqarov yaxshi inson, juda yaxshi partnyor, yaxshi hamkasb. Hayotda shunchaki hamkasbmiz. Kino boshqa, hayot boshqa. Koʻp muxlislar kinoda koʻrganlaridek qabul qilishdi, lekin oramizda hech qanday jiddiy munosabat yoʻq.

Davron Asqarov mendan oylikka kichkina. U bilan Instagram stories’lar qoʻymayotganim sababi oddiy, film s'yomka jarayonlari tugagan. Hamma oʻzining hayoti bilan yashamoqda.

Instagram’da giveaway oʻtkazayotganimiz sabab men hammani, shu qatorda Davron Asqarovni ham unfollow qildim. Davron aka meni nega unfollow qilganliklarini esa bilmayman, balki men unfollow qilganim uchundir. Bir-birimizdan buning sabablarini soʻramadik ham.

Men Davron Asqarovni hurmat qilaman. Aniq aytishim mumkinki, u meni sevmagan. U meni partnyor sifatida koʻrgan", - dedi Marjona Mirzaalieva.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat