16:30 / 24.06.2021
14 184

«Iloji bo‘lsa, pampers taqib yur, yo‘lingdan chiqsam, ishtoningni ho‘llab qo‘yasan» - SanJay


«Chotki tv» YouTube-kanaliga bergan intervyusida o‘zining ustidan kulgan hamkasbi Jasurbek Mavlonovga murojaat qildi.
«Jonli efirda bir inson mening ustimdan kulib chiqyapti, keyin men to‘g‘rimda she’r chiqaryapti, undan keyin jonli efir qilyapti va mavzuni davom ettiryapti. Men bu uchta videoni ham Instagram’dagi sahifamga joylab qo‘ydim. Xalq o‘z bahosini bersin. Uning ma’muriga 5-6 marta telefon qildim. Ma’muri uni dam olyapti dedi. Telefon qilsin menga, dedim.

Agar u erkak bo‘lganida, telefon qilib, uzr, Sanjar aka, men xato qilibman, degan bo‘lardi, qachonlardir yopilib ketardi bu ish. Bu bola mendan uzr so‘ramay turib, ikkinchi va uchinchi zarbalarni beryapti. U erkak emas, unga ayollarning kofta-yubkasini berib, ro‘mol taqib, ko‘chaga chiqarib yuborish kerak. Uning ismini ham o‘zgartirish kerak. Qanaqadir antiqa ayollar ismlaridan qo‘yish kerak, masalan Lolita», — deydi SanJay.

«Kel, men bilan uchrash, erkak bo‘lsang, kel, ‘duxing’ yetsa kel. Baribir men sendan so‘rab olaman, qochib keta olmaysan mendan. Sening o‘zi toming joyidami? Tom bormi senda? Iloji bo‘lsa, har kuni pampers taqib yur. Men yo‘lingdan chiqsam, ishtoningni ho‘llab qo‘yasan!», — deya so‘zlarini davom ettiradi SanJay.

Eslatib o‘tamiz, SanJay jonli efirda folloverlariga murojaat qilib, ko‘chalarni toza saqlashga, birdam bo‘lishga chorlayotgan vaqtda yig‘lab yuborgan edi. Xonanda Jasurbek Mavlonov esa ushbu holatni mazax qilib, SanJayning ustidan kulgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Iloji bo‘lsa, pampers taqib yur, yo‘lingdan chiqsam, ishtoningni ho‘llab qo‘yasan» - SanJay