Foto: Cosmopolitan
Gollivudning mahoratli aktrisasi Anjelina Joliga muxlislik qilmaydigan insonlarga ham qiziqarli syujetga boy ushbu filmlarni tomosha qilish tavsiya etiladi.
«O‘zgartirish»
Rejissyor: Klint Istvud 2008 yil
Foto: Cosmopolitan
Politsiyaga o‘g‘lining o‘g‘irlangani haqida xabar berish uchun borgan Kristin Kollinzning hikoyasi. To‘g‘ri, ayol tezda bolasini qaytarib oladi, lekin u umuman avvalgidek emasligini tushunadi. Kristin yordam berish o‘rniga ruhiy kasalxonaga yo‘llanma oladi. Film rejissyori Klint Istvud bir ayol va uning so‘zlariga ishonmaydigan butun dunyo to‘qnashuvi haqida hikoya qiladi. Aytgancha, film haqiqiy voqealarga asoslangan: 1928 yilda Kaliforniyada o‘g‘il bolalar o‘g‘irlanishi va o‘ldirilishi sodir bo‘lgan, ular «Vaynvill tovuqxonasida qotillik» deb nomlangan.
«Jia»
Rejissyor: Maykl Kristofer 1998 yil
Foto: Cosmopolitan
Anjelina Joli uzoq vaqt Jianing rolini rad etdi: uning so‘zlariga ko‘ra, supermodel Jianing hayoti unikiga o‘xshab ketgan. Keyinchalik nima uchun Joli rozi bo‘lgani noma’lum, lekin Jia roli amerikalik aktrisaning barcha iste’dodini ochib berdi. Jianing hayoti haqiqatan ham g‘alati va ba’zida dahshatli voqealarga to‘la edi: yoshligida idish yuvuvchi bo‘lib ishlagan qiz bir zumda dunyoga mashhur supermodelga aylandi. Ammo hali o‘zi dunyoni bilmagan qizga hayot qanday sinovlarni tayyorlab qo‘ygan edi?
«Uzilgan hayot»
Rejissyor: Jeyms Mengold 1999 yil
Foto: Cosmopolitan
Anjelina Joli nostandart va murakkab rollarni yaxshi ko‘radi va tan olish kerakki, ularni ajoyib tarzda ijro etadi. Amerikalik aktrisa Liza Rou roli uchun «Oltin globus», «Ekran aktyorlari gildiyasi» va «Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa» uchun «Oskar» mukofotiga sazovor bo‘ldi. Aktrisa «Uzilgan hayot» filmida agressiv sotsiopatik qiz rolini o‘ynaydi.
«60 soniya ichida o‘g‘rilik»
Rejissyor: Dominik Sena 2000 yil
Foto: Cosmopolitan
60 soniyada nima qila olish mumkin? Ayollar sumkasidan telefonni topish, xarid uchun pul to‘lash yoki telefon raqamini terish. Boshqasi bo‘lmaydi. Lekin Nikolas Keyj har qanday mashinani bir daqiqada o‘g‘irlab keta oladi va Anjelina Jolini sevib qoladi. Kartina 230 million dollardan ko‘proq daromad topdi, bu, albatta, Anjelina Jolining mahorati bilan ham bog‘liq.
«Janob va xonim Smit»
Rejissyor: Dag Layman 2005 yil
Foto: Pinterest
Filmdagi bosh aktyorlar — Anjelina Joli va Bred Pitt uchun atalgan rollar. Gollivudda eng muvaffaqiyatli filmlar qatoridan joy olgan. Syujetga ko‘ra, filmning bosh qahramonlari allaqachon bir-birlari haqida hamma narsani biladi. Ammo har birining o‘z siri bor: ikkalasi ham yollanma qotil. Bir-birlarini yo‘q qilish haqidagi yangi buyurtmani olganlarida hammasi aksincha bo‘ladi.
«Yolg‘on vasvasasi»
Rejissyor: Robert De Niro 2006 yil
Foto: Cosmopolitan
Film ssenariysi Erik Rot tomonidan yozilgan, lekin uzoq vaqt davomida Gollivudning eng yaxshi asarlaridan biri hisoblangani uchun film suratga olinmagan edi. Robert De Niro esa katta mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan va chindan ham chiroyli mahsulot tayyorlagan. Anjelina Joli dunyodagi eng qudratli maxfiy tashkilot — Markaziy razvedka boshqarmasi yaratuvchisi Edvard Uilson (Mett Deymon) ning rafiqasini o‘ynaydi.
«Lara Kroft: daxma talonchisi»
Rejissyor: Saymon Uest 2001 yil
Foto: Cosmopolitan
Anjelina Jolining insonlarni ekran oldiga mixlab qo‘yuvchi navbatdagi roli. Aqlli va jasur Lara nafaqat go‘zalligi, balki kuchli fe’l-atvori bilan ham muxlislar qalbini zabt etdi: qiz barcha qurollardan foydalanishga va o‘ta og‘ir sharoitlarda omon qolishga qodir.
Aleksandr
Rejissyor: Oliver Stoun 2004 yil
Foto: Cosmopolitan
«Aleksandr» filmidagi Olimpiada rolini rad etish katta adolatsizlik bo‘lar edi! Aktrisa «Eng yomon aktrisa» nominatsiyasi bo‘yicha «Oltin malina»ni olganiga qaramay, filmni ko‘rish uchun bitta, lekin juda yaxshi sababni aytish mumkin. Bu hatto Kolin Farellning ishtiroki emas, balki Anjelina Jolining ilohiy chiroyi. Film chiqqandan so‘ng ko‘plab qizlar Olimpiada obrazini yaratishga harakat qildi.
«Suv ostidagi bolalar»
Rejissyor: Bibo Berjeron, Vikki Jenson, Rob Letterman 2004 yil
Foto: Cosmopolitan
«Suv ostidagi bolalar» multfilmida Jolining o‘zi ko‘rinmasa ham, aktrisaga juda o‘xshash Lola ismli personaji orqali ovozi yangraydi! Quvnoq, kulgili va juda rangli multfilm, uni butun oila davrasida tomosha qilish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi