Foto: «Daryo»
«Ketgim kelmayapti onajon», «Kelinchak» kabi qo‘shiqlarni ko‘pchilik O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ohunjon Madaliyev tomonidan kuylangan deb o‘ylashadi.
Bu qo‘shiqlarning asl muallifi, Ohunjon Madaliyevning shogirdi Rahmatillo Yusupov hisoblanadi. Xonanda Rahmatillo Yusupov ijod yo‘li, imiji, qo‘shiqlari Ohunjon Madaliyevga juda ham o‘xshagani sababli muxlislari uni «ikkinchi Ohunjon Madaliyev» deb e’tirof etishadi.
Xonanda Rahmatillo Yusupov «Daryo» muxbiri Feruz Muhammadga bergan intervyusida san’at olamiga kirib kelishi va Ohunjon Madaliyevga qanday qilib shogird bo‘lgani haqida gapirib berdi.
- "Biz rahmatli Ohunjon Madaliyev bilan bir qishloqdanmiz. Qishlog‘imizdagi bir to‘yda Ohun akam xizmatda bo‘lganlarida dadam rahmatli Ohun akamning yonlariga meni olib borib «o‘g‘lim sizning qo‘shiqlaringizni aytib tili chiqdi, endi buni shogirdlikka olasiz», deganlar. Yoshimiz kattaroq bo‘lganidan so‘ng Ohunjon Madaliyevning uylariga olib borishgan. Uylariga borib kelib yurganmiz.
Ularning to‘ylari juda ham ko‘p bo‘lgani uchun ko‘pincha xizmatlarda bo‘lardilar. Shogirdlar ularning to‘ylarda yurish, turishlaridan ko‘p narsa o‘rganganmiz. Ohun akamning vodiydagi xizmatlariga birga borganmiz. U vaqtlarda qo‘shiqlar boshqacha bo‘lganmi yoki eshituvchilar boshqacharoq bo‘lganmi. Bilmadim. Bugungi kunda to‘ylarda xorij musiqalari, o‘yin-kulgi ko‘p bo‘ladi. Avvallari og‘ir, bosiq qo‘shiqlarni ko‘p eshitishardi. Hozir esa…", - deydi xonanda Rahmatillo Yusupov.
Xonanda Rahmatilla Yusupov «Ketgim kelmayapti onajon» va Kelinchak qo‘shiqlarining yaralishi tarixi haqida gapirdi.
- "Bundan yigirma yillar avval Farg‘onada bir tadbirda jurnalist akamiz «Ketgim kelmayapti onajon» qo‘shig‘ini aytdi. She’rni aytib bo‘lgach bu she’rni do‘stimiz Ohunjon qo‘shiq qilmoqchi edilar, nasib qilmagan ekan, she’rni ularning shogirdiga beramiz, dedilar. She’rni olib, uyga borib uni kuyga solib, muxlislarimizga taqdim etdim. Ijodkor odam so‘zga qarab, unga xarakter bera olishi kerak. So‘z dardli so‘z bo‘lgani uchun uning musiqasi ham, yo‘nalishi ham mungli bo‘lgan.
2003—2004 yillarda xalqimizning sevimli shoiri, akamiz Iqbol Mirzoning kitobini varaqlab «Kelinchak» she’rini ko‘rib qolganman. Akamizning juda ko‘p she’rlarini qo‘shiq qilganmiz, lekin bu she’rga ham alohida mehrim tushib qoldi. O‘sha vaqtlarda bunga o‘xshagan bosiq qo‘shiqlarim juda ham ko‘p bo‘lgani uchun, buni arxivimga olib qo‘ygandim. 2008 yilga kelib qo‘shiqni muxlislarga taqdim qilganmiz", - deydi Rahmatillo Yusupov.
Ma’lumot uchun, «Ketgim kelmayapti onajon» qo‘shig‘ining so‘zi shoir va jurnalist Karim Bahriyevga tegishli.
Xonanda Rahmatillo Yusupov 1981 yil, 15 sentabr kuni, Farg‘ona viloyatida dunyoga kelgan. 100 dan ortiq mualliflik qo‘shiqlari bor. Oilali, ikki farzandning otasi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?