15:53 / 08.12.2021
3 316

Shahzoda Muhammedova Dilorom Omonullayeva tufayli xonanda bo‘lish orzusi armon bo‘lib qolganini aytdi

Shahzoda Muhammedova Dilorom Omonullayeva tufayli xonanda bo‘lish orzusi armon bo‘lib qolganini aytdi
Aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedova «Sb.uz» YouTube kanaliga bergan intervusida qachonlardir xonanda bo‘lishni orzu qilgani, konservatoriyaga hujjat topshirmoqchi bo‘lganida taniqli bastakor Dilorom Omonullayeva bunga to‘sqinlik qilgani haqida so‘zlab berdi.

«Judayam xonanda bo‘lishni orzu qilganman. Ham dizayner, ham xonanda bo‘laman, degan orzu bolalikdan bo‘lgan menda. Kino sohasida ishlashni umuman orzu qilmagan ekanman. Dizaynerlik sohasini o‘qib tugatdim, uydagilarimning istagiga ko‘ra Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini ham bitirdim. Oliy ma’lumotliman, lekin nimadir yetishmayapti menga. Musiqani juda ham yaxshi ko‘raman. Hattoki uyimda fortepianom bor.

Bolalikdan chalganman, Dubayga borganimda o‘zimga gitara sotib olganman. Musiqaning hayotimga boshqacha ta’siri bor edi. Keyin ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha konservatoriyada o‘qiyman, deb bordim. Ne-ne umidlar bilan borib Dilorom Omonullayeva degan insonga uchrab turibmanku. Mana shu yeri yomon bo‘lgan. U ayol menga shunaqangi yomon munosabatda bo‘lganki, musiqa san’atiga bo‘lgan mehrimni so‘ndirib yuborgan.

O‘sha ayol sababli shu o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqim so‘nib qolgan. Keyin bilsam, u ayol juda ko‘pchilikka ta’lim bergan professor ekan. Lekin ko‘plab estrada xonandalarining dilini og‘ritib, ko‘pchilikka zarba bergan, kerak bo‘lsa, ko‘nglini qoldirgan ustozlardan biri ekan. Men ularni yomonlamoqchi emasman. Ijodlarini hurmat qilamiz. Umrlari uzoq bo‘lsin
», — deydi Shahzoda Muhammedova.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Shahzoda Muhammedova Dilorom Omonullayeva tufayli xonanda bo‘lish orzusi armon bo‘lib qolganini aytdi