Barcha mashhur insonlar turli yo‘llar bilan sinovdan o‘’tadilar. Ba’zi yulduzlar hurmat bilan munosabatda bo‘lgani uchun ham muxlislari orasida juda qadrlanadi, boshqalari esa aksincha, o‘zlarini eng kamida axloqsizlarcha tutishadi. Quyida muxlislariga hurmatsizlik qilishi bilan tanilgan yulduzlar haqida gaplashamiz.
Rianna
Foto: Harper’s Bazaar
Barbadoslik sohibjamol o‘z muxlislarini sevishini qayta-qayta aytsa-da, ular bunga shubha qilishadi. Buning bir qancha sabablari bor, albatta. Birinchidan, Rianna muntazam ravishda yangi albomini kutayotgan muxlislari ustidan kuladi. So‘nggi besh yil ichida treklarining aksariyati allaqachon tayyor ekanligini ta’kidlab, muxlislarining qiziqishni kuchaytirdi, lekin hech qanday albom chiqarmadi. Bundan tashqari, bir marta Rianna o‘zining bitiruv kechasida uning obrazidan ilhomlangan muxlisasiga qo‘pol hazil qilgan. Yana bir muxlisning aytishicha, farzandlari konsertdan so‘ng xonandadan dastxat olmoqchi bo‘lgan, biroq u raqqosalar guruhidagi bir kishidan uning o‘rniga imzo qo‘yib berishini so‘ragan, hatto yosh muxlisasiga qiyo ham boqmagan.
Kristian Beyl
Foto: Legion-Media
Hech kimga sir emaski, «Qora ritsar» yulduzi his-tuyg‘ularini boshqarishda juda jiddiy muammolarga ega. Bir necha yil oldin internetda uning o‘z qarindoshlariga nisbatan tajovuzkorligi aks etgan video paydo bo‘ldi. Shuningdek, suratga olish guruhi a’zolari ham bundan benasib qolmagan. Beylning sobiq piar-direktorining ta’kidlashicha, u bir paytlar sevimli aktyoridan dastxat so‘ramoqchi bo‘lgan qizaloqlarni qattiq urishib bergan. Koyish ko‘z yosh to‘kilishigacha yetib borgan.
Jastin Biber
Foto: Legion-Media
Yoshligidayoq mashhurlikka erishgan Jastin ko‘p yillar davomida ko‘pchilikning sevimlisi bo‘lgan. Lekin birdan muxlislariga bo‘lgan munosabati keskin o‘zgardi. Bunga nima sabab bo‘lganini hech kim bilmaydi. 2016 yilda Biber Barselonadagi konserti oldidan bir muxlisining yuziga musht tushirgan. Muxlislarning fikriga ko‘ra, hurmatsizlikning eng katta belgisi — ba’zida Jastinning qo‘shiq so‘zlarini unutib qo‘yishidir.
Kemeron Dias
Foto: Legion-Media
Kemeron muxlislaridan shunchalik noroziki, hattoki ularning tadbirda bo‘lishini oldindan bilsa ham ular bilan suratga tushish yoki dastxat berishdan bosh tortadi.Yulduz bunday munosabatni juda ko‘p vaqt sarflash kerakligi bilan izohlaydi. Biroq Kemeronning bu kabi tushuntirishlariga qimmatli daqiqalaridan ko‘proq vaqt ketadi.
Keyt Uinslet
Foto: Legion-Media
2012 yilda Keyt u bilan uchrashishni intiqlik bilan kutgan muxlislariga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lgan. Muxlislari bir necha soat yomg‘ir ostida, aktrisadan dastxat olish uchun kutishgan, lekin Uinslet ularni haydab yuborgan. «Bu juda qo‘pol munosabat edi. Uning bunday xatti-harakatidan juda qattiq xafa bo‘ldik», — deya ta’kidlagan muxlislar jurnalistlarga bergan intervyusida.
Madonna
Foto: Legion-Media
Barcha mashhurlar orasida Madonna shunchalik mag‘rurki, uning kibri butun boshli shou-biznes olamiga yetadi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, u o‘z muxlislariga past nazar bilan qaraydi. Masalan, unga yoqmagan savollarga tabu lug‘ati bilan osongina javob beradi, konsertlarga kech qolganidan norozi bo‘lganlarni qoralaydi va hatto bir marta konsert paytida muxlislarini ommaviy ravishda haqoratlagan.
Adam Livayn
Foto: Legion-Media
Adamning chidab bo‘lmas xarakterga ega ekanligi va juda g‘alati hazil qilishi uning barcha muxlislariga ma’lum. Xonanda ba’zan muxlisalarini juda jozibali emas deb hisoblagani uchun ham ularga dastxat berishni xohlamaydi. Qizig‘i shundaki, Maroon 5 solisti haqoratomuz so‘zlarni aytishdan umuman uyalmaydi. Kumirining bu kabi haqoratlari yosh qizlarning ruhiyatiga qanday ta’sir qilishini tasavvur qilish ham qiyin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi