
Hukumat qarori bilan Avaz Mansurov Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati institutining rektori etib tayinlandi.
Kompozitor Avaz Mansurov 1957 yil 2 noyabrda Qoʻqon shahrida tugʻilgan. 1982 yilda Toshkent davlat konservatoriyasining bastakorlik boʻlimini professor B.Zeydman sinfida, 1986 yil assistent-stajyorlikni professor F.Yanov-Yanovskiy sinfida tamomlagan.
Professor Avaz Mansurov Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi bastakorlik kafedrasi mudiri, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor, Bastakorlar uyushmasi kotibi boʻlib ishlagan.
Eslatib oʻtamiz, Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti prezident qarori bilan 2021 yil 16 oktyabrda tashkil etilgan.
Institut davlat oliy ta'lim muassasasi hisoblanib, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi tarkibida faoliyat yuritadi.
Institut milliy estrada yoʻnalishi boʻyicha malakali mutaxassislar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaydi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar