Samarqandda global oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida deklaratsiya qabul qilinadi

2 daqiqa o'qish229
Samarqandda global oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida deklaratsiya qabul qilinadi

Hujjat xalqaro hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi. Tomonlar iqlimo‘zgarishi, suv resurslarining kamayishi, yerlar degradatsiyasini asosiy chaqiriqlar sifatidae’tirof etdilar.

Samarqand deklaratsiyasi O‘zbekiston hukumati tomonidan BMT Oziq-ovqat va qishloqxo‘jaligi tashkilotining texnik ko‘magida tashkil etilgan oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yichaxalqaro konferensiya yakunlari yuzasidan erishilgan kelishuvlarni mustahkamlaydi. Tadbir7–8 sentyabrda, 15 ta mamlakat qishloq xo‘jaligi vazirlari, 8 mamlakatdan vaziro‘rinbosarlari, 13 mamlakatning yuqori darajadagi diplomatlari va 30 dan ziyod xalqarohamda ilmiy tashkilotlar, shuningdek moliya institutlari vakillari ishtirokida o‘tadi.

«Pandemiya va global chaqiriqlar bizni eski yondashuvlarni qayta ko‘rib chiqishgaruhlantirmoqda, fermerlar va agrobiznesni rag‘batlantirish, shuningdek qishloq xo‘jaliginiyuritishning yangi uslublari naqadar muhimligini isbotlayapti. O‘zbekistonda agrooziq-ovqat tarmog‘ini qayta tashkil etish jarayoni kechmoqda. Biz qishloq xo‘jaliginingsalohiyatini kuchaytirish va aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashuchun jahonning yetakchi olimlarini jalb etishni rejalashtirmoqdamiz. Jahoda yanadayuqori sifatli oziq-ovqat bilan yanada ko‘proq insonlar qamrab olinishini ta’minlanishuchun yangi yechimlar va innovatsiyalarni talab qilmoqda. Mana shular konferensiya muhokamasida asosiy o‘rinni egallaydi va Samarqand deklaratsiyasining asosini tashkilqiladi», — rejalari bilan o‘rtoqlashdi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov.

Samarqand deklaratsiyasida ishtirokchi mamlakatlarning quyidagi maqsadlari qayd etiladi:

− qishloq xo‘jaligini ekologik jihatdan eng xavfsiz, bioxilma-xillikni qo‘llab-quvvatlaydigan usulda, suv resurslaridan optimal foydalangan holda rivojlantirish;
− aholi, ayniqsa bolalar va o‘smirlarning sog‘lom ovqatlanishiga ko‘maklashish, maktabda ovqatlanish kompleks dasturlarini joriy qilish;
− ayollarning agrooziq-ovqat tizimlari transformatsiyasidagi ulushini oshirish uchun qishloq joylardagi ayollar huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish;
− davlat miqyosida kichik va oilaviy xo‘jaliklarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ishlab chiqarish, tabiiy va moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.
«Global iqtisodiy tanazzul va o‘sishning sekinlashuvi iqlim inqirozining oqibatlari, agrooziq-ovqat tizimida investitsiyalarning yetishmasligi, oziq-ovqatlar narxining o‘sibborishi va tengsizlikning kuchayib borishi bilan uyg‘unlikda, bizni 2030 yilgacha Barqarortaraqqiyot sohasidagi maqsadlar (BTM)ga, ayniqsa BTM-2 (Nol ochlik)ka erishishgaqaratilgan kursdan chetlatib yubordi.

Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya butun dunyodagi agrooziq-ovqattizimlari qayta tashkil etilishidagi ilgarilashuvning tezlashishi uchun jidiy maydonchabo‘ladi, pirovardida bu tizimlarlar dengizga chiqish yo‘liga ega bo‘lmagan rivojlanayotganmamlakatlar duch kelayotgan chaqiriqlarga alohida urg‘u berib,  yanada samarali, inklyuziv vabarqaror tus oladi. Bundan tashqari, konferensiyada yaxshilashning to‘rt yo‘nalishi: ishlabchiqarishni yaxshilash, ovqatlanish sifatini yaxshilash, atrof-muhit holatini yaxshilash vahayot sifatini yaxshilash maqsadida qishloq joylarda gender tenglikni mustahkamlash, qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlantirish va raqamli qishloq xo‘jaligi masalalarimuhokama etiladi, bunda hech kim e’tiborsiz qolmasligi kafolatlanadi», — dedi FAO bosh direktori Syuy Dun’yuy.

Shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya doirasida 26 mamlakatdan150 dan ziyod xorijiy olimlar va O‘zbekistonning 200 nafar olimi ishtirokida davra suhbatio‘tkaziladi. Ishtirokchilar qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirishimkoniyatini muhokama qiladilar.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?