Samarqandda Global investitsiya forumi ochildi

1 daqiqa o'qish145
Samarqandda Global investitsiya forumi ochildi

Samarqandda ochilgan Global investitsiya forumi va ko‘rgazma 18-oktabrgacha davom etadi.

Samarqand shahridagi “Ekspomarkaz”da Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasi doirasida Global investitsiya forumi va ko‘rgazma ish boshladi.

Investitsiya forumida vazirlar, xalqaro moliya institutlari rahbarlari darajasida muhokamalar, 5 ta panel sessiyasi, 22 ta taqdimot o‘tkazish rejalashtirilgan. 

“Ekspomarkaz”dagi 4200 kv.m maydonda O‘zbekistonning 14 ta hududining turistik-investitsion salohiyatini aks ettiruvchi stendlar, 3 ta turistik-rekreasion zona - Zomin, Chorvoq, Chimyon hududlarining, Markaziy Osiyo davlatlari - Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonning, shuningdek, Yaponiya, Chexiya, Fransiya va Braziliyaning 4 ta startap loyihasining hamda O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “O‘zbekiston aeroportlari” AJ va “Uzbekistan vertolyotlari” MCHJlarining stendlari tashkil etilgan.

Samarqandda Global investitsiya forumi ochildi

Bugungi kunga qadar 100 dan ortiq davlatdan 634 vakil, shu jumladan, 122 ta yirik xorijiy investor hamda 540 ga yaqin yirik mahalliy kompaniyalar Bosh Assambleyaning rasmiy veb-saytidagi maxsus havola orqali ro‘yxatdan o‘tib ishtirok etishini ma’lum qildi. 

Forum doirasida umumiy qiymati 2 milliard dollarlik istiqbolli loyihalar manzilli ro‘yxati shakllantirilib, investorlarga taqdim etildi. 

Samarqandda Global investitsiya forumi ochildi

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?