Sinoptiklar 6-8 yanvar kunlari kutilayotgan ob-havo ma'lumotini e'lon qildi. Unga koʻra:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi, Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin.. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7 yanvarda ba'zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 6 yanvarda kechasi 0...-5, kunduzi +3...+8, 7 yanvarda kechasi 0...-5, kunduzi 0...+5, 8 yanvarda kechasi -5...-10, kunduzi -3...+2 daraja boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8 yanvarda ba'zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 6 yanvarda kechasi -2...+3, kunduzi +7...+12, 7 yanvarda kechasi -2...+3, kunduzi +5...+10, 8 yanvarda kechasi 0...-5, kunduzi -2...+3; Navoiy viloyatining shimolida 6 yanvarda kechasi 0...-5, kunduzi +3...+8, 7 yanvarda kechasi 0...-5, kunduzi 0...+5, 8 yanvarda kechasi -5...-10, kunduzi -3...+2 daraja boʻladi.
Toshkent viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, 6 yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. 7 yanvarda kechga tomon ba'zi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. 8 yanvar kechasi va ertalab ba'zi joylarga qor yogʻishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8 yanvarda ba'zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 6-7 yanvarda kechasi -3...+2, kunduzi +5...+10, 8 yanvarda kechasi va kunduzi -3...+2 daraja boʻladi.
Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, 6-7 yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. 8 yanvar kechasi va ertalab qor yogʻishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8 yanvarda ba'zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 6-7 yanvarda -3...+2, kunduzi +5...+10, 8 yanvarda kechasi va kunduzi -3...+2 daraja boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -2...+3, kunduzi 6-7 yanvarda +7...+12, 8 yanvarda +5...+10 daraja boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, 6 yanvarda kechasi va ertalab ba'zi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. 7-8 yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8 yanvarda ba'zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 0...-5, kunduzi 6 yanvarda +2...+7, 7-8 yanvarda +4...+9 daraja boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8 yanvarda ba'zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 6 yanvarda kechasi -5...-10, kunduzi -3...+2, 7 yanvarda kechasi -3...-8, kunduzi 0...+5, 8 yanvarda kechasi -5...-10, kunduzi -2...-7 daraja boʻladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dam olish kunlaridan keyin ish ritmiga qanday qaytish mumkin?
Superliga va Pro liga reglamenti. Unga klublar munosabati qanday?
Italiya bosh vaziri Tramp qarorgohiga tashrif buyurdi
Apple rahbari Trampning inauguratsiyasi uchun 1 mln dollar xayriya qildi
Buxoroda virtual “valyutchik”lik qilgan 17 yoshli oʻsmir javobgarlikka tortilmaydigan boʻldi
Tergovchilar Tramp mehmonxonasi oldida portlatilgan Cybertruck haqida ma'lumot berdi
AQSh Rossiyani Sudanda fuqarolar urushini qoʻzgʻatayotganlikda ayblayapti
Abdulla Qodiriy: muallifni qamatgan maqola