Toshkent hayvonot bogʻida jirafa vafot etdi

Toshkent hayvonot bogʻida jirafa vafot etdi
8 yanvar kuni Toshkent hayvonot bogʻida jirafa vafot etdi. Hayvonot bogʻi ma'muriyatining ma'lum qilishicha, uning oʻlimiga oshqozon burilishi sabab boʻlgan.

Veterinarlar barcha mumkin boʻlgan davolash usullarini qoʻllagan boʻlishsa-da, jirafani saqlab qolish imkoni boʻlmadi.

Eslatib oʻtamiz, 2022 yil sentyabr oyida ham Toshkent hayvonot bogʻida "Alatau" laqabli jirafa miya ishemiyasi tufayli halok boʻlgan edi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar