
Toshkent shahrida Mustafo Kemal Atatyurk nomi bilan ataladigan yangi ko‘cha paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqda Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov va Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Olgan Bekar o‘rtasidagi uchrashuvda muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, O‘zbekistonda turk maktablarini kengaytirish va Toshkentda Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafo Kemal Atatyurk nomini berish rejalari muhokama qilindi. Shuningdek, poytaxtda turk bog‘i qurilishi ham rejalashtirilmoqda.
Muzokaralar natijasida tomonlar kelishuvlarni amalga oshirish va xalqlar o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga kelishib oldilar. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
 