Oʻzbekistonda “konvert maosh”ga qarshi yangi choralar joriy etiladi

1 daqiqa o'qish2.5K
Oʻzbekistonda “konvert maosh”ga qarshi yangi choralar joriy etiladi
Oʻzbekiston hukumati ish haqi toʻlash tizimini tartibga solish va mehnat munosabatlarini soddalashtirish boʻyicha yangi choralar qabul qildi. Ushbu qarorlar prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan yigʻilishda e'lon qilindi.

Yangi qoidalar asosan qurilish, savdo va umumiy ovqatlanish sohalarida faoliyat yurituvchi korxonalarga tegishli boʻlib, ularning ish haqi toʻlovlari ustidan nazoratni kuchaytirish va "konvert maosh" amaliyotiga qarshi kurashni maqsad qilgan.

Asosiy oʻzgarishlar:
? Qisqa muddatli va soddalashtirilgan mehnat shartnomalari joriy etiladi – bu mavsumiy va vaqtinchalik ishchilarni rasmiylashtirishni osonlashtiradi.
? Ijtimoiy soliq boʻyicha imtiyozlar 2028-yilgacha uzaytirildi, biroq endilikda faqat 30 yoshgacha boʻlgan xodimlarga va ish haqi 3 mln soʻmdan yuqori boʻlsa amal qiladi.

Imtiyozli soliq stavkasi quyidagi sohalarga tatbiq etiladi:
* Chakana savdo va umumiy ovqatlanish
* Mehmonxona biznesi
* Yoʻlovchi va yuk tashish xizmatlari
* Transport vositalarini ta'mirlash va texnik xizmat koʻrsatish
* Kompyuter xizmatlari va maishiy texnika ta'miri
* Qishloq xoʻjaligi va veterinariya xizmatlari
* Koʻngilochar markazlar xizmatlari

Ushbu oʻzgarishlar norasmiy bandlikni kamaytirish, yoshlarning ish bilan ta'minlanishini oshirish va xizmat koʻrsatish sohasini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?