
O‘zbekistonda 15—16 mart kunlari iliq va quruq ob-havo saqlanib turadi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
Havo harorati asosan kechalari 4-9 daraja iliq, kunduz kunlari 17-22 daraja iliq, janubda va cho‘l hududlarda 25 darajagacha iliq bo‘ladi.
Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
Respublikaning tog‘li hududlari ba’zi joylarida 15 mart kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 16 mart kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkentda dam olish kunlari havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 7-9 daraja iliq, kunduz kunlari 19-22 daraja iliq bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar