Mirziyoyev va Tokayev Almati shahrida uchrashdi

1 daqiqa o'qish501
Mirziyoyev va Tokayev Almati shahrida uchrashdi
Mirziyoyev va Tokayev Almati shahrida norasmiy uchrashuv o‘tkazdi, deb Nova24.uz xabar berdi. 2025-yil 29-mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Tokayev Almati shahrida norasmiy uchrashuv o‘tkazdilar.

Muloqot an’anaviy do‘stona va ishchan ruhda o‘tdi. Davlat rahbarlari qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilikka asoslangan ikki tomonlama munosabatlarni chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildilar.

Prezidentlar Navro‘z va yaqinlashayotgan Ramazon hayiti bilan bir-birlarini va xalqlarini tabrikladilar.

Tomonlar O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik bugungi kunda yuqori darajaga chiqqanini alohida qayd etdilar. Barcha darajadagi aloqalar faollashgan, tovar ayirboshlash hajmi yil boshidan beri 14 foizga oshgan, umumiy qiymati 4 milliard dollardan ziyod bo‘lgan sarmoya loyihalari portfeli shakllangan. Hududlararo aloqalar, madaniy va gumanitar hamkorlik ham kengaymoqda.

Bosh vazir o‘rinbosarlari o‘zaro savdoni kengaytirish, mashinasozlik, elektrotexnika, neft-gaz, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi va boshqa ustuvor sohalarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan axborot berdilar.

Prezidentlar sanoat kooperatsiyasiga doir uzoq muddatli dastur ishlab chiqish, mintaqaviy infratuzilma loyihalarini tezlashtirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdilar. Joriy yilda Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazini ishga tushirish va qo‘shma tashqi savdo kompaniyasi faoliyatini kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, tomonlar mintaqaviy kun tartibini, jumladan, O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo sammitlariga tayyorgarlik masalasini muhokama qildilar. Bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar jadvali ham ko‘rib chiqildi.

Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, uchrashuv do‘stona va konstruktiv muhitda o‘tdi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?