“Quyoshli uy” ishtirokchilari davlatdan elektr uchun 12,2 mlrd so‘m oldi

1 daqiqa o'qish453
“Quyoshli uy” ishtirokchilari davlatdan elektr uchun 12,2 mlrd so‘m oldi
O‘zbekistonliklarga quyosh panellari orqali ortiqcha elektr energiyasi uchun milliardlab so‘m to‘landi, deb Nova24.uz xabar berdi.

Energetika vaziri o‘rinbosari Baxtiyor Mamadkarimovning ma’lum qilishicha, “Quyoshli uy” dasturida ishtirok etgan 10 ming fuqaro quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan ortiqcha 12,2 million kVt/soat elektr energiyasini davlatga sotgan va buning evaziga 12,2 milliard so‘m mablag‘ olgan.

2024 yilda O‘zbekistonda umumiy quvvati 2 790 MVt bo‘lgan yangi elektr stansiyalari ishga tushirilgan. Ulardan:

1 000 MVt — quyosh fotoelektr stansiyalari,
800 MVt — shamol elektr stansiyalari,
965,2 MVt — issiqlik elektr stansiyalari,
22,7 MVt — gidroelektr stansiyalari.

Quyosh va shamol manbalaridan 4,9 milliard kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. Bu 2 milliondan ortiq xonadonning yillik iste’moliga teng. Natijada 1,5 milliard kub metr tabiiy gaz tejalgan va 2 million tonna zararli gaz chiqindilarining oldi olingan.

2024 yilda mamlakatda jami 81,5 milliard kVt/soat elektr ishlab chiqarilgan bo‘lib, shundan 67,5 milliard kVt/soat aholiga yetkazib berilgan.

2025 yilda quyidagilar rejalashtirilgan:
4,5 GVt quvvatga ega quyosh va shamol stansiyalarini ishga tushirish,
785 MVt quyosh panellarini o‘rnatish,
225 MVt gidroelektr stansiyalarini qurish,
1,8 ming MVt sig‘imdagi elektr energiyasini saqlash tizimlarini joriy qilish.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?