Shavkat Mirziyoyev Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni qabul qildi

1 daqiqa o'qish1.7K
Shavkat Mirziyoyev Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni qabul qildi
23 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va uning hamrohlarini Samarqand shahrida qabul qildi.

Muloqot boshida Rossiyaning yuqori martabali vakili davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevga Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning samimiy salomlari va eng ezgu istaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, har tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda davlat rahbarlari darajasidagi uchrashuvlar davomida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishiga oid eng muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Shavkat Mirziyoyev Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni qabul qildi
O‘zaro munosabatlarda barcha sohalarda yuqori darajadagi aloqalar va samarali hamkorlik faol davom etayotgani ta’kidlandi. Mamlakatlar o‘rtasidagi tovar aylanmasi va investitsiyalar hajmi barqaror o‘sib bormoqda. Ikki davlat hududlari hamda yirik sanoat korxonalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.

Shuningdek, madaniyat va san’at sohalaridagi aloqalar, fan va ta’limdagi hamkorlik, sog‘liqni saqlash va sport yo‘nalishidagi qo‘shma loyihalar, turizm yo‘nalishidagi sheriklik munosabatlari yanada faollashib borayotgani yuqori baholandi.

Bundan tashqari, mintaqaviy va xalqaro ahamiyat kasb etuvchi ayrim dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Muloqot samimiy, ochiq va konstruktiv ruhda bo‘lib o‘tdi. Tomonlar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash yo‘lidagi kelishuvlarni davom ettirishga kelishib olishdi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?