May oyida ob-havo qanday bo‘lishi kutilmoqda?

1 daqiqa o'qish49.9K
May oyida ob-havo qanday bo‘lishi kutilmoqda?
Ushbu yilning may oyi qanday bo‘lishi kutilmoqda? Gidrometeorologiya xizmati bu haqda ma’lumot berdi.

O‘zbekiston hududi bo‘yicha may oyi birinchi o‘n kunligining katta qismida asosan juda iliq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduz kunlari havo 1-2 mayda 28-30 darajagacha isiydi, 3-7 mayda 34-37 darajagacha ko‘tariladi.

1-2 may kunlari Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘adi, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

Respublikaning qolgan hududlarida 1-7 may kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Birinchi o‘n kunlikning oxirida harorat foni biroz pasayadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.Keyinchalik, may oyining oxirigacha, harorat kechalari 17-22 darajadan 10-15 darajagacha, kunduz kunlari 32-37 darajadan 25-30 darajagacha o‘zgarib turadi.

Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarning ayrim kunlarida respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘irlar yog‘adi, ba’zi joylarda jala xususiyatga ega bo‘lgan mahalliy yomg‘irlar yog‘adi. Hatto bir shahar doirasida ham may oyi yomg‘irlari bir hududda kuchli yomg‘ir yog‘ishi va shaharning boshqa chekkasida esa u deyarli sezilmasligi mumkin.

2025 yil may oyida o‘rtacha oylik harorat iqlimiy me’yor atrofida, ba’zi joylarda undan 1-2 darajaga yuqori bo‘lishi kutilmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?