Oilaviy shifokorlar oyiga 1500 dollargacha maosh oladi

1 daqiqa o'qish537
Oilaviy shifokorlar oyiga 1500 dollargacha maosh oladi
O‘zbekistonda oilaviy shifokorlar oyiga 1500 dollar, hamshiralar esa 800 dollargacha maosh olishi mumkin bo‘lgan yangi tizim joriy etiladi, deb nova24.uz sayti xabar berdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning aytishicha, hozirda oilaviy shifokorlar o‘rtacha 500 dollar, hamshiralar esa 300 dollar maosh olmoqda. Agar shifokor va hamshira malaka sertifikatiga ega bo‘lsa, ularga maosh miqdoriga teng qo‘shimcha to‘lov beriladi.

Agar ular surunkali kasalligi bo‘lgan bemorlar bilan ishlasa, ularga kasallik bilan qanday yashashni o‘rgatsa, saraton, diabet, insult va yurak xurujini erta aniqlash, asoratlarni oldini olishni tushuntirsa, va shoshilinch tibbiy yordamga murojaatlar soni kamaytirilsa — shifokorlar qo‘shimcha 500 dollar, hamshiralar esa 300 dollargacha mukofot oladi.

“Biz shunday tizim yaratamizki, oilaviy shifokor oyiga 1500 dollar, hamshira esa 600-800 dollar oladi. Bu orqali nafaqat maosh, balki inson qadri oshadi. Ammo natija maoshga mos bo‘lishi kerak”, — dedi Prezident.

Shuningdek, Prezident saraton, insult, yurak xuruji, onalar va bolalarning erta o‘limi hamda surunkali kasalliklar oqibatidagi nogironlik holatlarini jamiyat uchun favqulodda holat deb baholash zarurligini ta’kidladi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?